Deputat parlament binosidan ölik holda topildi

Deputat parlament binosidan ölik holda topildi

Bugun, 19 avgust kuni Finlyandiya parlamentining binosida deputat öz joniga qasd qildi. Bu haqda “Iltalehti” naşri xabar berdi.

Favqulodda xizmatlarga hodisa haqida signal soat 11:06 da kelib tuşgan. Gazeta manbalari marhum deputat bölgani haqida aytmoqda, biroq uning ismi oşkor qilinmagan. Parlament xavfsizlik xizmati rahbari Aaro Toyvonen bu maʼlumotlarni rad etmagan.

Politsiya hodisa yuzasidan tekşiruv boşlagan. Huquq-tartibot idoralari marhumning ölimida jinoyat alomatlari yöqligini qayd etgan. Voqea joyida bir neça politsiya patrullari va şifokorlar işlamoqda. 

“Koalitsiya” partiyasi fraktsiyasi raisi Yukka Kopra bu fojiani vazirlarning yozgi yiğilişi çoğida jurnalistlardan eşitganini aytgan. Uning sözlariga köra, vafot etgan deputat qaysi partiyadan bölgani unga nomaʼlum. Siyosatçi bu voqeani “açinarli va jiddiy hodisa” deb atagan.

Parlamentda hozirda yozgi taʼtil davom etmoqda. Kuzgi sessiya 2 sentyabrga belgilangan.


×