Abxaziya parlamenti deputati Almasxon Ardzinba 30 sentyabrdan 1 oktyabrga ötar keçasi respublika Içki işlar vazirligi binosi yonida noqonuniy ravişda ega bölgan “Kalaşnikov” avtomatidan öq uzdi, deya xabar berdi departament matbuot xizmati.
Aniqlik kiritilişiça, deputat Ardzinba Içki işlar vazirligi binosiga xizmat maşinasida kelgan. Noqonuniy ravişda olingan va saqlanayotgan öqotar quroldan osmonga qarata 20 marta öq uzgan. Vazirlik binosi oldida haqoratli sözlar bilan baqirib, şovqin kötargan.
Soqçilar binoga kiriş darvozasi atrofidagi voqea joyini közdan keçiriş çoğida 20 ta böş öq gilzasini topdi.
Şuningdek, payşanba kuni yana bir parlament deputati Garri Kokaya Abxaziya va Janubiy Osetiya prezidentlari Aslan Bjaniya va Anatoliy Bibilov 1992-1993 yillardagi Gruziya-Abxaziya uruşi ğalabasi va mustaqillik kunini nişonlayotgan restoran joylaşgan Suxum sohilida töpponçadan öq otdi. Kokaya voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilarga ham qarşilik körsatgan.
Eslatib ötamiz, bundan avval Perm davlat universitetida sobiq talaba 8 kişini öldirgani, Germaniyada mijoz 20 yoşli yoqilği quyiş şaxobçasi kassirini niqob taqişini talab qilgani uçun otib öldirgani hamda Kobulda havoga öq uziş oqibatida 4 kişi halok bölgani haqida xabar berilgandi.









