Saudiya Arabistoni hukumati alkogol savdosiga qöyilgan qatʼiy çeklovlarni yumşatdi va endi boy xorijliklar spirtli içimliklarni xarid qilişi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, spirtli içimlik sotib oliş uçun inson xorijiy fuqarolikka ega bölişi, maʼlum darajada daromadga ega bölişi, Saudiya Arabistonida yaşaşi va islom diniga eʼtiqod qilmasligi kerak. Alkogol xarid qiliş uçun xorijliklar oylik daromadi kamida 13,3 ming dollar ekanini tasdiqlovçi hujjat taqdim etişi lozim. Şunday hujjat bilan spirtli içimlikni Saudiya Arabistonida oçilgan birinçi va hozirça yagona dökonda xarid qiliş mumkin.
Bu dökon 2024 yilda Ar-Riyodning diplomatik kvartalida oçilgan. Dastlab u yerda spirtli içimliklarni faqat musulmon bölmagan davlatlarning xorijiy diplomatlari va elçixona xodimlari sotib olişi mumkin edi. Endilikda xaridorlar doirasi kengaytirildi, biroq bu haqda jamoatçilikka köp eʼlon qilinmadi.
Maʼlumot uçun, Saudiya Arabistonida alkogol sotiş va isteʼmol qilişga 1952 yildan beri taqiq qöyilgan. 2025 yil may oyida ayrim OAV mamlakat hukumati göyoki bu taqiqni bekor qilmoqçi ekani haqida xabarlar tarqatgan. Ammo mamlakat rahbariyatidagi manbalar bu miş-mişlarni rad etgan.









