22 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgaça taʼlim taşkiloti xodimalarining telefon orqali özaro muloqoti aks etgan audioyozuv tarqalgan edi. Unda bir xodima ikkinçi hamkasbiga bolalarni zaharlaş yöli bilan Maktabgaça taʼlim taşkiloti mudirasiga nisbatan ğarazli maqsadini amalga oşirmoqçiligini aytadi. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi uşbu audioyozuv böyiça tekşiruv ötkazdi va quyidagilarni maʼlum qilmoqda.
Bekobod tumani prokuraturasidan maʼlum qilişlariça, joriy yilning 20 dekabr kuni fuqaro S.Karimqulova tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Unga köra, şu yilning 16-17 dekabr kunlari jiyani Nargiza orqali Feruza Sultonova bilan tanişganini, u bilan jiyani Nargiza işga qanday tiklaş yuzasidan maslahat söraganini, unga 6-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi mudirasi Dilfuza va tuman MTM bölimi boşliği Nilufar Mixliyevada adovati borligini bayon qilgan.
Arizada Nilufarning ustidan bir neça joylarga murojaat qilganini va boğçadagi bolalar zaharlansa, tekşiriş bölib, ularning barçasini işdan olib taşlaşini va jinoyat işi qözğatilişini aytgan. Bekobod şahrida doimo bolalar zaharlanayotganini, aynan göştga dori qöşişni, undan dori nomini bilib berişni söraganini, bolalar yengil zaharlanib, şifoxonaga murojaat qilişliklarini, buning ortidan esa şov-şuv kötarilib, barça işdan ketişini aytgan. Feruzaning bu işlari noqonuniy ekanligi sababli unga nisbatan qonuniy çora körilişini söragan.
Mazkur holat yuzasidan Feruza Sultonova öz tuşuntiriş xatida joriy yilning boşlarida uning uyiga Sojida ismli ayol, jiyani Nargiza bilan izlab kelgani, u uyda bölmagani sababli onasidan uning telefon raqamini olgani, söng unga telefon qilganini va u bilan Bekobod tumani Zafar şaharçasida uçraşganini, Sojida unga MTM bölimi boşliği Nilufar Mixliyevada adovati borligini va uni işdan böşatmoqçi ekanini aytgan. Şuningdek, u Sojidaga Nilufar Mixliyevaning ustidan turli idoralarga ariza bilan murojaat qilganini, Sojidani uning oldiga Nilufar Mixliyeva yuborganidan şubhalanib, Sojidani Nilufar Mixliyeva yollagan deb öylab, uni sinaş uçun boğçadagi bolalar zaharlansa, ularning barçasi işdan ketişini aytganini va Sojidani keyingi harakatlarini bilib olmoqçi bölganini, aslida heç kimni zaharlaş niyati bölmaganini bayon qilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda, natijalari böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi.
Qalampir.uz Tahririyati









