Saudiya Arabistoni hukumati 4 oktyabrdan Umra ibodatini amalga oşiriş uçun ruxsat berişni boşlaydi. Bu haqda tarjimon.uz hukumat axborot agentligi 22 sentyabr kuni xabar berdi.
Umra muqaddas Makka şahrida amalga oşiriladigan ibodatdir. Lekin, Hajdan farqli ölaroq Umradagi amallar bir neça soat içida ado etib bölinadi va Umrani yil böyi bajariş mumkin.
Umraga ruxsat beriş asta-sekinlik bilan bir neça bosqiçda amalga oşiriladi. Unga köra, birinçi bosqiçda Saudiya fuqarolari va ayni paytda Qirollik hududida bölib turgan boşqa davlat fuqarolari 4 oktyabrdan Umrani amalga oşirişlari mumkin böladi. Koronavirusdan himoyalaniş körsatmalariga rioya qiliş uçun Masjidul Xaramga keladigan musulmonlarning soni hudud siğimining 30 foizinigina egallaydigan darajada kamaytiriladi. Bu çeklovdan keyin Majidul Xaramga har kuni 6000 nafar musulmon kirib, ibodatni bajaradi.
Ikkinçi bosqiçda esa 18 oktyabrdan Saudiya fuqarolari va bu yerda yaşayotgan xorijliklarning Umra bilan birga Madinadagi Masjidul Nabaviyga borişlariga ham ruxsat beriladi. Bu bosqiçda masjid siğimi 75 foizgaça töldiriladi.
Bu Masjidul Xaramga kuniga 15 000 kişi Umra uçun va yana 40 000 kişi namoz öqiş uçun kirişini taʼminlaydi. Madinai munavvaradagi Masjidul Nabaviyning ham 75 foiz siğimidan foydalaniladi.
Uçinçi bosqiçga kelib Saudiyadagi musulmonlardan taşqari xorijdan keladigan musulmonlarga ham Umra eşiklari oçiladi. Bu bosqiçga 1 noyabrdan ruxsat beriladi va unda musulmonlar ikki muqaddas masjidga kelişlari mumkin böladi. Uçinçi bosqiçdagi çeklovlar koronavirus pandemiyasi rasman tugaguniça yoki uning xavfi ötib ketgani eʼlon qilingunça davom etadi.
Uçinçi bosqiçda Masjidul Xaram va Masjidul Nabaviyning siğimidan 100 foiz foydalaniladi. Unda har kuni 20 000 kişi Umrani ado etadi va yana 60 000 kişi bu muqaddas masjidda boşqa ibodatlarni amlaga oşiradi.
“Qirollikka xorijdan musulmonlarning kelişiga ruxsat beriş asta-sekinlik bilan böladi.
Saudiya Soğliqni saqlaş vazirligi koronavirus böyiça heç qanday xavf tuğdirmaydigan davlatlarni aniqlaydi va ularning fuqarolari Qirollikka kelişadi” deyiladi bayonotda.
Törtinçi bosqiçda Saudiya özining va xorij fuqarolarining mamlakatga kelib, ikki muqaddas masjidda ibodatlarni amalga oşirişlariga ruxsat beradi. Masjidlar 100 foiz siğimidan foydalanadi. Bu bosqiç Saudiya hukumati koronavirus pandemiyasining xavfi yöq bölganini eʼlon qilganidan keyin boşlanadi.
Manba: Effect.uz









