Bir neça kundan beri jamoatçilik eʼtibori markazida bölib turgan «bosar-tusarini bilmagan deputat» mavzusi yakuniga yetdi, çamasi... Bugun öşa deputat ijtimoiy tarmoq orqali uzr sörab çiqdi. Çunki, «uzr söraş» döppi tor kelganda suvdan quruq çiqişning birdan bir vositasiga aylanib, bunday imkoniyat yakkaş mansabdorlarga havola etilişiga jamoatçilik örganib böldi-da. Mansabdorning bir oğiz «uzri» şunday quvvatga egaki, uning oldidan qonunlar ortga çekinadi, qonun peşvolaridagi vakolatga ham tuşov tuşadi göyo...
Xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi deputati bilan boğliq mojarolar esa, vaziyatga qarab «uzrxoh»likka zarur «tuzatişlar» kiritilişi mumkinligini ham körsatib berayotgandek. Yaʼnikim, şu çoqqaça mansabdorlar özlari «uzr» sörab, vaziyatdan çiqqan bölişsa, endi voqelikning boşqa iştirokisi «uzr-maʼzuri» orqali mutasaddilarga şunday imkoniyat taqdim etilayotgan öxşaydi. Yöqsa, uzrni deputat emas, avvalo uni «bosar-tusarini bilmay» qolganlikda oçiqdan-oçiq ayblab, el aro dömbira qilganlar söramasmidi?!
Deputatning «uzr»i unga nisbatan qözğatilib, biroq hamon muallaq turgan jinoyat işiga taʼsir qilişi ehtimoldan holi emas. Çunki, u özini mutloq aybsizman deyayotgani yöq, şuningdek, unga nisbatan jismoniy kuç işlatgani aytilayotgan içki işlar organi xodimlariga ham jiddiy eʼtiroz bildirmayapti. Asosiysi ulardan uzr söragan: gap şunda!
Uzr söraş – fazilat, albatta. Muqaddas Ramazon oyida bunday amalni ado etmoq esa koni savob. Biroq «uzr» samimiy emas, ixtiyoriy-majburiy aytilsa, fazilat ham, savob ham qolmaydi. Bunaqada ijtimoiy adolat haqida gapirmasayam böladi.
Endi gapni muxtasar qilib, deputat bilan boğliq mojarolarni yana birrov esga olsak.
Içki işlar vazirligining «bosar-tusarini bilmay qolgan deputat» haqida videolavha eʼlon qildi. Bir tomonlama va aybsizlik prezumptsiyasiga zid ayni videolavha köplab bahs-munozara va şov-şuvlar sabab böldi.
Voqelik ortidan deputatga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Namangan şahar prokurorining deputatni javobgarlikka tortiş va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş haqida mahalliy kengaşiga kiritgan taqdimnomasiga avvaliga qisman rozilik berildi. Oradan uç kun ötib, xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi prokuror taqdimnomasini tamoman rad qiliş va mojaro iştirokçilari bölgan Içki işlar xodimlarini javobgarlikka tortiş maslalasini hal qiliş haqida yangi qarori qabul qildi.
Bu orada Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari Içki işlar vaziriga murojaat qilib, IIV Axborot xizmati tomonidan foydalanilgan lavhalarni jamoatçilikka «montaj»siz havola etiş va ayni jarayonda noxolislik yoki bir taraflama yondaşuvga yöl qöyilgan masʼullarning intizomiy javobgarligi masalasini körib çiqiş söraldi.
Deputatlarning söroviga Içki işlar vazirligi «six ham, kabob ham kuymaydigan» şaklda javob qaytardi.
Vazirlik javobidan qoniqiş qilmagan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev yana bir bor mazuga qaytib, öz munosabatini bildirdi.
Namangan şahar prokurorining taqdimnomasi mahalliy kengaş tomonidan rad qilingaç, masala viloyat darajasiga çiqdi.
Namangan viloyat prokurori deputat masalasida xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşiga taqdimnoma kiritdi.
Hozirça masala şu nuqtada turibdi. Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning «Xabar.uz»ga maʼlum qilişiça, viloyat prokurorining taqdimnomasi Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşida hali körib çiqilgani yöq.
Manba: Xabar.uz









