Ijtimoiy tarmoqda deputat Feruza Jörabekovnani obrösizlantirişga qaratilgan video tarqatilyapti

Ijtimoiy tarmoqda deputat Feruza Jörabekovnani obrösizlantirişga qaratilgan video tarqatilyapti

Bugun jamoatçilik eʼtibori ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga qaratildi. Videoda Xalq deputatlari Örta Çirçiq tuman kengaşi deputati Feruza Jörabekovna va bir erkak nomaqbul vaziyatda ekani aks etgan.

Video “virus” bölib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda va jamoatçilikning noroziligiga sabab bölmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari deputatning şaxsiy hayotiga daxldor videoni tarqatib, uning şaʼni va obrösiga putur yetkazişga uriniş bölayotganini qoralamoqda.

Feruza Jörabekovna özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tarqalayotgan videolarga munosabat bildirib, bunda Toşkent viloyati IIB xodimi Raximov Ziyodullani ayblagan.

“Toşkent viloyati IIB xodimi Raximov Ziyodulla rahmat sizga. Hammasi uçun javob berasiz hali.

Nurafşondagi qiliqlaringiz, namunali uylardagi Milliy gvardiya xodimlari oldidagi kayf holatdagi qiliqlaringizni körgan, bilganlar ölgani yöq hali!

Barmoğimni sindirib, tirnoğimni suğurib olib, meni nimalarnidur yozişga majbur qilganlaring uçun javob berasanlar xali!

Endi nima bilan qörqitasanlar? Şunaqa şantajlaring borligini endi hamma biladi. 5 ta erkak, mani zörlab nimalarni yozdirmoqçi bölganingni ertaga aytaman.

2 oktyabr kuni meni ne köylarga solganing, zöravonlik qilib nimalarni yozdirmoqçi bölganlaring, men bloger, jurnalist, deputat döstlarimni çaqirganimda qoçib ketganlaringni hammasini aytaman.

Sandaqa ifloslar, özbek erkaklari nomiga faqat doğ tuşuryapsanlar, asl başarangni oçaman, işon”, deydi Feruza Jörabekovna.

Videodagi hodisa qaçon va qayerda tasvirga olingani aniq emas. Biroq vaziyat fuqaroning şaxsiy hayotiga daxldor bölib, uni ijtimoiy tarmoqqa tarqatiş, uning huquqlarining buzilişi demakdir. Jinoyat kodeksining 141-1 moddasida şunday deyiladi:

Şaxsiy hayot daxlsizligini buziş

Şaxsning şaxsiy yoki oilaviy sirini taşkil etuvçi şaxsiy hayoti töğrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravişda yiğiş yoki tarqatiş, şunday harakatlar uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, —

bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar:
a) oğir oqibatlarga olib kelgan bölsa;
b) ğarazli niyatlarda sodir etilgan bölsa;
v) xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bölsa, —

bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatdan uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

×