Rossiyalik deputat yana kurakda turmaydigan daʼvo bilan çiqdi

Rossiyalik deputat yana kurakda turmaydigan daʼvo bilan çiqdi

Rossiya Davlat dumasi deputati, iqtidordagi «Yedinaya Rossiya» partiyasi Markaziy kengaşi aʼzosi Yevgeniy Fyodorov sobiq Ittifoq davlatlari suverenitetini şubha ostiga oldi.

Uning daʼvosiga köra, SSSR respublikalarining har biri Ittifoq tarkibidan noqonuniy ravişda çiqqan va şu sababli ertami-keçmi Rossiya bilan qurolli ziddiyatga boradi.

«Barça sobiq (Ittifoq) respublikalari ertami-keç Rossiya bilan ixtilofga boradi yoki uruşadi. Ularning ayrimlari, masalan, Belarus hozir bunday yöl tutmaydi. Gruziya allaqaçon uruşgan. Ukraina (uruşmoqda). Bu fikr Armanistonga ham töliq taalluqlidir», – deydi Ye.Fyodorov.

Siyosatçi respublikalar diplomatik yöl bilan qaytarilsa, harbiy töqnaşuvlarning oldi olinişini aytgan.

Ye.Fyodorov avval ham sobiq Ittifoq davlatlarining suverenitetiga tahdid soluvçi bayonotlar bergan.

2020 yil dekabr oyida u hamkasbi, Rossiya Davlat dumasining ilm-fan va taʼlim qömitasi raisi Vyaçeslav Nikonovning bahsli fikrini qöllab-quvvatlab, Qozoğiston Sovet Ittifoqiga tegişli hududlarga noqonuniy ravişda egalik qilayotganini daʼvo qilgan, mamlakat rahbariyatidan Olmaota şahrini Rossiyaga qaytarişni talab qilgan edi.

2020 yil iyun oyida prezident Vladimir Putin ham SSSR tarkibida bölgan respublikalar Ittifoq tarkibidan çiqiş payti özi bilan Rossiyaga tegişli ulkan hududlarni olib çiqib ketgani haqida nizoli fikrni ilgari surgandi.

60 yoşli Yevgeniy Fyodorov salkam 30 yildan beri Rossiya parlamenti quyi va yuqori palatalarida faoliyat yuritib keladi. Ukrainaga bosqinni oçiq va davomli qöllab-quvvatlagani sababli AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va Yevropa Ittifoqi unga nisbatan sanktsiya joriy qilgan.


Teglar:
×