Yaqinda IIV Axborot xizmati tomonidan xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi deputati Tolib Muhammadiyev va Namangan şahriga kiraverişdagi “Qizilköprik” postida turadigan içki işlar xodimlari janjali aks etgan videolavha tarqatildi. Jamoatçilik tomonidan kuçli tanqidga uçragan video IIV xodimlari manfaati yölida tayyorlangani aytilmoqda.
Keça, 21 aprel kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bir neça nafar deputati Içki işlar vaziri Pölat Bobojonovga murojaat yölladi. Murojaatda YPX inspektorining xizmat “bodi-kamera”sida tasvirga olingan video materiallarni töliq şaklda (montajsiz) jamoatçilikka oşkor qilinişi, lavha noxolis tayyorlangan bölsa, aybdorlarga intizomiy jazo çorasi körilişi, bu haqda jamoatçilikka xabar qilinişi va boşqalar söralgan.
Unga köra, “Bosar-tusarini bilmagan deputat” nomli videolavha keng jamoatçilik orasida jiddiy muhokamalarni keltirib çiqardi. Yaʼni, jamoatçilik tomonidan “deputat” sözining sarlavhaga olib çiqilişi va matn davomida kamida 10 martadan köp işlatilişi, şuningdek, Oliy Majlis deputatining yaqindagina eʼlon qilingan munosabatiga noörin izoh berilganligi va qoidabuzarning sözlarini kontekstdan “qirqib olib” noörin montaj qilingani asosiy vajlar sifatida keltirilmoqda.
Voqeaga köra, 2020 yil 15 aprel kuni Namangan şahriga kiraverişdagi “Qizilköprik” postida Xalq deputatlari şahar kengaşining deputati Tolib Muhammadiyev bilan yöl-patrul xizmati xodimlari örtasidagi tortişuv jarayonlari aks etgan. Rolik sönggida esa Namangan şahar prokuraturasi tomonidan şu yil 16 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotgani haqida söz boradi.
Videotasvirdagi holatdan tuşuniş mumkinki, taraflar uşbu vaziyatga qiziqqonlik bilan yondoşmay, bir-birlarini töğri tuşunganida mavzu böyiça turli xil bahsli muhokamalar kelib çiqmagan bölişi mumkin edi.
Biroq voqeaning keyingi rivoji masalani yanada çigallaştirib yubordi. Yaʼni, Xalq deputatlari Namangan şahar Kengaşining 19 aprel kungi navbatdan taşqari sessiyasida Kengaşning 16 apreldagi qarori bekor qilinib, şahar prokurorining Tolib Muhamadaliyevga oid taqdimnomasi rad etilgan.

“Xullas, uşbu masala 16-20 aprel kunlari oraliğida şahar kengaşi tomonidan ikki marotaba jiddiy muhokama qilindi, Respublika darajasidagi OAVda 8 ta turli pozitsiyadagi material eʼlon qilindi. Qolaversa, videolavha internet va ijtimoiy tarmoqlarda qirqdan ortiq postlar orqali örinli-örinsiz munozaralarga ham sabab bölyapti.
Biz, bir guruh Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, öz xizmat vazifasini sidqidildan bajargan içki işlar xodimlariga nisbatan notöğri tuşunça va ayblovlarning oldini oliş hamda qoidabuzar şaxslar xatti-harakatiga qonuniy baho berilişi kafolatlangani haqidagi jamoatçilik fikrini şakllantiriş tarafdorimiz”, deyiladi murojaatda.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, uşbu mavzuga çek qöyiş maqsadida, Içki işlar vaziridan quyidagi çora-tadbirlar belgilanişida amaliy yordam berişi söralgan:
1. IIV Axborot xizmati tomonidan eʼlon qilingan videolavhada foydalanilgan, jumladan, voqea iştirokçisi bölgan YPX inspektorining xizmat “bodi-kamera”sida tasvirga olingan video materiallarni töliq şaklda (montajsiz) jamoatçilikka oşkor qilinişi;
2. Agar lavhani tayyorlaş va eʼlon qilişda noxolislik yoki bir taraflama yondaşuvga yöl qöyilgan bölsa, Axborot xizmati masʼullarining intizomiy javobgarligi masalasini körib çiqiş va bu haqda jamoatçilikka maʼlum qilinişi;
3. Voqeaning yakuniy muhokamasi yuzasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga Içki işlar vazirligi tomonidan axborot berilişi.
Murojaat Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari, jumladan, Rasul Kuşerboyev, Gulbahor Sayidğaniyeva, Umid Jabborov, Mağfirat Xuşvaqtova, Muxtor Xodjimatov, Şerbek Buranov, Muxtor Ibragimov, Nodir Jumayev, Mavluda Ibragimova, Odilbek Tojiyev, Şoxista Turğunova, Bahrom Raxmonaliyev, Nodirjon Abduvaliyev, Bekmirza Eşmurzayev, Ğayrat Abdiyev, Ravşanbek Begmatov, Mohira Xodjayeva, Madina Baratova, Abdulla Rözmetov, Umidaxon Zokirova, Nosirjon Aminovlarning takliflarini umumlaştirilgan holda, Doniyor Ğaniyev nomidan yuborilayotgani maʼlum qilingan.
Eslatib ötamiz, QALAMPIR.UZ sayti videolavha yuzasidan tahliliy maqola tayyorlab, IIV Axborot xizmatiga bir qança savollar yöllagandi. Biroq hozirgaça javob qaytarilmadi. Keyinroq holat yuzasidan ikkinçi taraf, xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi deputati Tolib Muhammadiyevning vajlari aks etgan maqola ham eʼlon qilgandik.
Zafarbek Solijonov









