Namangan şahar hokimining 2023 yil 20 aprel kungi farmoyişiga asosan “Hayit namozi” vaqtida jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş hamda köngilsiz hodisalarni oldini oliş maqsadida 21 aprel kuni tungi soat 00:00dan tonggi 07:00gaça bölgan vaqt oraliğida Namangan şahrining Q.Otamirzayev, Marğilon, Qöqon, Töraqörğon, Axsi, Minora, Ğalaba, Çortoq, Hamroh, Oromgoh va Yangiqörğon köçalari böylab avtomaşinalar harakati vaqtinça çeklanişini maʼlum qilamiz.
“Şayx Eşon” masjidiga olib boruvçi Q.Otamirzayev köçasining masjid oldidan ötgan 300 metr qismi;
“Maxdum Eşon” masjidiga olib boruvçi Marğilon köçasining 12-maktabga kiriş joyidan Fuqarolik sudigaça bölgan oraliği;
“Boqi Polvon” masjidiga olib boruvçi Qöqon köçasining 38-maktab köçasi bilan kesişgan joyidan “Farovon” MFY binosigaça bölgan qismi;
“Mulla Bozor Oxun” masjidiga olib boruvçi Hamroh köçasining Istiqlol köçalari bilan kesişgan qismidan Q.Otamirzayev köçasi bilan kesişgan qismigaça;
“Yusufxon öğli Qosimxon” masjidiga olib boruvçi Ğirvonsoy köçasining Istirohat boği oldidan Dinamo öyingohi oldigaça bölgan qismi;
Yuqorida körsatilgan köçalar doimiy oçiq holatda böladi, zaruriyat tuğilganda mazkur qismlari oraliğida transport vositalarining harakati vaqtinçalik çeklanadi.
Barça yurtdoşlarimizni viloyat Içki işlar boşqarmasi nomidan Ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz hamda hayit namozini öqiş uçun masjidlarga kelib-ketiş vaqtida harakat xavfsizligiga hamda jamoat tartibini saqlaşga rioya qilişlarini sörab qolamiz.
Uşbu çeklovlar "Juma namozi" (11:00dan 14:00ga qadar) vaqtida ham amal qiladi.
Şuningdek, şahar hududidagi boşqa masjidlar oldida ham zaruriyat tuğilganda transport vositalarining harakati vaqtinçalik çeklanadi.









