Ştat gubernatori Endryu Kuomoning taʼkidlaşiça, kasallik Italiyadan kelgan. U AQŞning Şimoli-Şarqiy universitetida ötkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib fikr yuritar ekan, «mamlakatda ilk bemor aniqlangan 1 martgaça allaqaçon öng mingdan ortiq odam infektsiyani yuqtirib bölgandi», deydi.
Endryu Xitoyda koronavirus bilan boğliq favqulodda holat yuzaga kelgani yanvar-fevral oylaridayoq maʼlum bölganiga qaramay, AQŞ hukumati bunga juda sekin reaktsiya bildirganini qoraladi. Yaʼni Uxanda xavfli infektsiya çiqqanidan keyin deyarli bir oy ötib, 2 fevraldan Xitoydan kirişga çeklov qöyildi. Yevropadan keliş esa martdan taʼqiqlandi. Bu vaqtda virus allaqaçon AQŞga yetib kelib bölgandi.
«Biz Xitoyga boriş-kelişni töxtatgan paytimizda koronavirus uşbu mamlakatdan taşqariga çiqib ketib bölgandi», deydi gubernator. Uning qayd etişiça, yilning dastlabki ikki oyida Nyu-York va Nyu-Jersiga Yevropadan 2,2 million kişi uçib kelgan. Ularning aksariyati kasallikni yuqtirgan edi.
Gubernator bu xatolardan töğri xulosa çiqariş kerakligini, çunki kuzda infektsiya yana avj olişi yoki boşqa virus paydo bölişi mumkinligini aytib ötdi.
Qayd etiş örinliki, Nyu-York AQŞda COVID-19 ning asosiy öçoği bölib turibdi. Mazkur ştat kasallanganlar soni böyiça barça davlatlarni ortda qoldirdi. Xususan, hozirgaça bu yerda 263 mingdan ortiq holat aniqlangan.
Manba: platforma.uz









