Xitoy rahbari Si Tszin Pin 7 fevral kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan yangi koronavirusning tarqalişi böyiça muloqot ötkazdi, deya xabar beradi AQŞ davlat OAV.
Si telefon orqali Trampga, Xitoy uşbu epidemiyani yengişga işonçi komilligini va uni bartaraf etişga qodirligini taʼkidlab, mamlakat iqtisodiy rivojlanişining uzoq muddatli rejalari virus sabab özgarmasligini maʼlum qilgan.
Si virus bilan kuraşni «xalq uruşi» deb atadi hamda Trampga Xitoy hukumati virusni oldini oliş va uni nazorat qiliş böyiça qatʼiy işlar qilinişi bilan bir qatorda mamlakatda umummilliy safarbarlik, keng qamrovli tayyorgarlik va tezkor çoralarni amalga oşirganini aytdi.
Ötgan yil oxirida Xitoyda paydo bölgan koronavirus hozirgi kungaça 636 ta kişining ölimiga sabab bölgan va kamida 31 000 nafar kişi uni yuqtirib olgan.
Uşbu inqiroz tufayli Xitoy böylab mahalliy hokimiyatlar ön millionlab odamlar yaşaydigan şaharlarini yopib qöygan. Virus Xitoydan taşqarida yigirmadan oşiq davlatga tarqalib, kamida 240 kişida aniqlangan.
AQŞ sönggi ikki hafta içida Xitoyga borgan çet elliklarning öz hududiga kirişini vaqtinça taʼqiqladi. Bundan taşqari yana bir qator mamlakatlar, jumladan Italiya,Singapur va Möğuliston Xitoydan kelgan sayohatçilarga katta çeklovlar eʼlon qilgan. Şunigdek, AQŞ, Yaponiya, Britaniya, Germaniya va boşqa davlatlar ham öz fuqarolariga Xitoyga sayohat qilmasliklarini maslahat berişgan.
Manba: tarjumon. uz









