Xitoy AQŞ va Yangi Zelandiyaning Pekin-2022 qişki Olimpiya öyinlariga diplomatik boykot eʼlon qiliş qaroriga javoban qatʼiy çoralar köradi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Çjao Litszyan maʼlum qildi.
“AQŞning xatti-harakatlari Olimpiya Xartiyasida belgilangan jismoniy tarbiya va sportning siyosiy betarafligi tamoyilini jiddiy tarzda buzadi. Xitoy Qöşma Ştatlarga özining keskin noroziligini bildiradi, qatʼiy javob çoralarini köradi”, deydi Litszyan.AQŞ Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot eʼlon qildi
U qanday çoralar körilişini aniq aytmagan, biroq AQŞ özining notöğri harakatlari uçun javob berişini taʼkidlab, dunyo hamjamiyatini maʼlumotlarni kuzatib borişga çaqirdi.
Diplomatning taʼkidlaşiça, Olimpiya öyinlari “siyosiy manipulyatsiya sahnasi emas”. Uning sözlariga köra, Vaşingtonga taklif bölmagani uçun Amerika tomoni Olimpiadaga rasmiylarni jönatmaslikka qaror qilgan va buni Şinjondagi inson huquqlari muammosi bilan boğlagan.
“Amerika bu faktlarni buzib körsatgan va öz-özini aldagan. AQŞning siyosiy rejasi qöllab-quvvatlanmaydi va barbod bölişga mahkum. Pekindagi qişki Olimpiya öyinlari butun dunyo sportçilari va muxlislar uçun tantanali voqea. AQŞ sportni siyosiylaştirmasligi, Pekin Olimpiadasiga tösqinlik qiluvçi xatti-harakatlar va bayonotlarni töxtatişi kerak, aks holda bu ikki davlat örtasidagi hamkorlikning qator yönalişlariga, şuningdek, mintaqaviy va global muammolar böyiça muloqotga putur yetkazadi”, deydi Xitoy vakili.
Dunyo hamjamiyati va Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Xitoyning Olimpiya öyinlariga tayyorgarlik körişdagi faoliyatini yuqori baholagan. Litszyanning maʼlumotlarga köra, xorijlik sportçilar, jumladan, Amerika Qöşma Ştatlaridan juda köplab vakillar Pekindagi musobaqalarda qatnaşişni intiqlik bilan kutmoqda.
“Biz işonamizki, Olimpiada ruhi va barça tomonlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli Xitoy, albatta, dunyoga xavfsiz va taʼsirli Olimpiya öyinlarini taqdim eta oladi”, deya aytib ötgan Çin yurti Taşqi işlar vazirligi rasmiysi.
Bundan taşqari, Xitoy butun dunyodan sportçilarni Pekin Olimpiadasiga taklif qiladi va barça tomonlar birdamlik ruhini saqlab, sportni siyosiylaştirişni bas qilişiga umid qiladi. Şunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Yangi Zelandiya siyosatçilarining 2022 yilgi öyinlarga bormaslik haqidagi qaroriga ham izoh berdi:
“Pekin qişki Olimpiadasi butun dunyo sportçilari va sport ixlosmandlari uçun tantanali tadbirdir. Biz xorijlik sportçilarni, jumladan, Yangi Zelandiya sportçilarini ham öyinlarda iştirok etişlarini kutib qolamiz. Umid qilamizki, barça tomonlar Olimpiada birligi ruhiga amal qiladi va sportni siyosiylaştirişni töxtatadi. Asosiy eʼtibor boykotga çaqirganlarga emas, balki sportçilarga qaratilişi kerak. Rasmiylarning keliş-kelmasligi bilan heç kimning işi yöq. Bu Öyinlarning muammosiz, xavfsiz va ajoyib ötişiga zarraça taʼsir qilmaydi”.









