IIV hamda Boş prokuratura koronavirus bilan boğliq soxta xabarlar tarqatayotgan akkauntlarni aniqladi

IIV hamda Boş prokuratura koronavirus bilan boğliq soxta xabarlar tarqatayotgan akkauntlarni aniqladi

Mamlakatimizdagi haqiqiy vaziyatni soxtalaştirib talqin qilayotgan, aholi orasida vahima keltirib çiqarişga qaratilgan, fuqarolar totuvligini buziş va vaziyatni beqarorlaştiruvçi uydirmalar tarqatgan ijtimoiy tarmoqlardagi 33 ta akkaunt aniqlangan. Bu haqda içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, IIVda Boş prokuratura hamda boşqa mutasaddi organlar bilan birgalikda aholi orasida vahima çiqarişga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni, şuningdek, fuqarolar totuvligini buziş, vaziyatni beqarorlaştiruvçi uydirmalar tarqatiş hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarşi qaratilgan barça qilmişlarni aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça işçi guruh faoliyati yölga qöyilgan.

Bugungi kunga kelib, işçi guruh tomonidan koronavirus haqida haqiqiy vaziyatni soxtalaştirib talqin qilayotgan, aholi orasida vahima keltirib çiqarişga qaratilgan, fuqarolar totuvligini buziş va vaziyatni beqarorlaştiruvçi uydirmalar tarqatgan ijtimoiy tarmoqlardagi 33 ta akkaunt aniqlangan. Ulardan 25 tasi xorijiy mamlakatlardagi foydalanuvçilarga, 8 tasi esa Özbekiston fuqarolariga tegişli. Hozirda uşbu fuqarolarning şaxsi aniqlanib, tegişli tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Şu bilan birga, virusga çalingan hamda karantinda bölgan fuqarolarning şaxslarini ommaga tarqatgan ikki nafar fuqaro aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.

Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvçilar tomonidan soxta va asossiz maʼlumotlarni tarqatayotgan 13 nafar fuqaro aniqlanib, ularning töqqiz nafari bilan profilaktik tuşuntiriş işlari olib borildi. Tört nafarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda jazo çoralari köriladi.

×