Amerika Qöşma Ştatlari hozirgi holatida Xitoy bilan harbiy töqnaş kelgan taqdirda ğalaba qozona olmaydi. Bu haqda keça, 16 oktyabr kuni “The Wall Street Journal” Vaşingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (SSIS) hisob-kitoblariga asoslanib, xabar berdi.
SSIS ekspertlarining fikriga köra, Ukraina atrofidagi vaziyat Amerika harbiy-sanoat kompleksining muammolarini, xususan, uning sustligi va işlab çiqarişni köpaytirişdagi qiyinçiliklarini körsatib berdi, buning natijasida AQŞ armiyasi yaqin orada zarur qurollar borasida mintaqaviy mojaroga duçor böladi. SSIS mutaxassislari tomonidan tuzilgan Tayvan böğozidagi AQŞ-Xitoy uruşining yigirmaga yaqin stsenariylarida AQŞ bir hafta içida özining barça "havo-yer" tipidagi raketalari hamda uzoq masofali kemaga qarşi raketalarini işlatib yuborgan.
Manbaning qayd etişiça, AQŞ harbiy-sanoat kompaniyalarining moliyaviy xavflar tufayli Pentagon bilan öq-dorilar işlab çiqariş böyiça uzoq muddatli şartnomalar tuzişni istamasligi muammoning bir qismidir. Bundan taşqari, yetkazib beriş zanjirlari, turli materiallar va butlovçi qismlar borasida, xususan, Xitoy monopoliyasi hisoblangan noyob tuproq metallari, şuningdek, alyuminiy, titan va mikroelektronika bilan boğliq muammolar mavjud.
“Patriot” zenit-raketa komplekslari yoki Tomahawk qanotli raketalari kabi texnik tizimlarini işlab çiqarişni yölga qöyiş yillab vaqt olişi mumkin.
“Ayrim turdagi raketalar va tizimlarni işlab çiqariş taxminan ikki yil davom etişi mumkin. Bu faqat birinçi raketalarni yetkazib beriş sanalari", deydi tadqiqot mualliflari.
Maʼlumot örnida, Tayvan 1949 yilda Çan Kayşi (1887-1975) boşçiligidagi gomindan qöşinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar uruşida mağlub bölib, orolga qoçib ketganidan beri öz maʼmuriyati tomonidan boşqariladi. Öşandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelişidan oldin materikda mavjud bölgan sobiq Xitoy Respublikasi bayroği va boşqa atributlarini saqlab qoldi. XXRning aksariyat davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlangan rasmiy pozitsiyasiga köra, orol Xitoy provintsiyalaridan biri hisoblanadi.
Qöşma Ştatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, XXR bilan yaqinlaşdi. Vaşington “yagona Xitoy” siyosatini tan oliş bilan birga, ayni paytda Taybey maʼmuriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2-3 avgust kunlari AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining orolga taşrifi ortidan Tayvan böğozi mintaqasidagi keskinlik jiddiy ravişda avj oldi, bu esa Pekinning keskin tanqidiga sabab böldi.









