«Instagram» akkauntni oson tiklab bermoqçi

«Instagram» akkauntni oson tiklab bermoqçi

Instagram» ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilarga buzilgan akkauntlarini oson tiklaşda yordam beriş uçun yangi tizimni sinovdan ötkazyapti. Bu haqda «Engadget» portali xabar berdi.

Tiklaniş jarayonida foydalanuvçilar öz elektron manzillari yoki telefon raqamlarini körsatişlari kerak — tizim ularga olti xonali kod raqamini jönatadi, uni akkauntni tiklaş uçun faqat şu qurilmaning özidan kiritiş mumkin.

Mabodo xakerlar akkaunt nomini özgartirib qöysa, tizim uni vaqtinça bloklaydi va uni heç kim band etolmaydi. Hatto şu vaziyatda ham faqat akkaunt foydalanuvçisi unga kira oladi.

Eslatib ötamiz, şu paytgaça akkauntlari buzilgan foydalanuvçilar tizim maʼmuriga tegişli sörovni yöllaşga majbur edilar. Agarda yangi tizim işga tuşsa, foydalanuvçilar «Instagram» xavfsizlik xizmatiga murojaat qilmasdan ham öz akkauntlarini avtomatik tarzda tiklay oladilar.

×