Keça, 4 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Eron Islom Respublikasining mamlakatdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Hamid Nayirobodiy bilan uçraşdi.
Muloqotda tomonlar ikki mamlakatning Afğoniston yönalişidagi hamkorligini kengaytirişga qaratilgan saʼy-harakatlar, şuningdek, Afğonistondagi vaziyatni muhokama qildi.

Eron Elçisi Özbekistonning Afğonistonda uzoq muddatli va barqaror tinçlikni örnatişda faol iştirokini alohida taʼkidladi.
Şuningdek, tomonlar afğon xalqiga insonparvarlik yordam körsatiş va Afğonistonga iqtisodiy kömak beriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.









