Amerikaning “Instagram” ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilar posti ostidagi “layk”lar sonini yaşiriş tizimini sinov tariqasida işga tuşirdi. Işlab çiqaruvçilar bu yangi tizim orqali foydalanuvçilarning “layk”lar soniga emas, matn kontentiga eʼtibor berişlarini istaşmoqda.
Yangi tizim sinov tariqasida işlamoqda
Rossiyada “Instagram” foydalanuvçilari uçun “layk”larni berkitiş tizimi yölga qöyilgan. Ammo hozirça “yoqdi” tugmasi barça foydalanuvçilarda ham berkitilganiça yöq.
“Instagram” işlab çiqaruvçilarining aytişiça, “menga yoqdi” tugmasi post muallifigagina körinadi. Uning “podpisçik”lariga esa körinmaydi.
Yangi tizim Avstraliya, Braziliya, Kanada, Irlandiya, Italiya, Yaponiya va Yangi Zelandiyada sinov tariqasida amalga oşiriladi. Aynan mazkur davlatlarda yangi tizim haqidagi ilk izohlar ijobiy bölgan ekan.









