Özbekiston Respublikasining AQŞdagi Favqulodda va muxtor elçisi Furqat Siddiqovga AQŞdagi mavsumiy işçilar jalb qilinadigan davlatlar röyxatiga Özbekistonni kiritiş böyiça muzokaralar ötkaziş topşirildi. Topşiriq bugun, 15 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yiğilişida berilgan.
Yiğilişda aytilişiça, ötgan yili AQŞ hukumati qişloq xöjaligi işçilari uçun maxsus viza olişni soddalaştirdi.
“Uşbu mamlakatdagi elçiga AQŞdagi mavsumiy işçilar jalb qilinadigan davlatlar röyxatiga Özbekistonni kiritiş böyiça muzokaralar ötkaziş topşirildi”, deb xabar berdi Prezident Matbuot kotibi Şerzod Asadov.
Yiğilişda şuningdek, bundan keyin har bir viloyat hokimi işçi kuçi qabul qiluvçi rivojlangan davlatlar hududlari bilan töğridan-töğri işlaş amaliyotini yölga qöyişi kerakligi qayd etilgan.
Umuman, har bir elçi xorijda yuqori daromadli iş örinlarini topiş, aholini şunga mos kasb va tilga öqitişga ham masʼul bölişi belgilandi.
Bu borada Yaponiya, Şvetsiya, Norvegiya, Bolgariya, Avstriya, Xorvatiya, Sloveniya, Serbiya, Gretsiya va Ömon bilan migratsiyaga oid hukumatlararo va idoralararo bitimlarni imzolaş muhimligi aytilgan.
H-2A vizasi
Maʼlumot uçun, AQŞ hukumati 2026 yil boşida qişloq xöjaligi işçilari uçun möljallangan H-2A vizasi tizimini soddalaştiriş va fermerlar uçun xarajatlarni kamaytirişga qaratilgan bir qator özgarişlarni eʼlon qildi.
AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi (USDA), Mehnat vazirligi (DOL) va Milliy xavfsizlik vazirligi (DHS) arizalarni bir vaqtning özida (simultan tarzda) topşiriş imkoniyatini yaratiş ustida işlamoqda. Bu arizalarni körib çiqiş vaqtini qisqartirib, tizimni yanada samaraliroq qilişi kutilmoqda.
Mehnat vazirligi 2026 yil uçun H-2A işçilarining minimal iş haqi stavkalarini (AEWR) qayta körib çiqdi. Yangi hisob-kitoblarga köra, 2026 yilda fermerlar işçilariga soatiga 15-20 dollar örniga 8-17 dollar atrofida haq tölaşi mumkin böladi.
2025 yil oxiri va 2026 yil boşidan boşlab USCIS arizalarni (I-129H2A formasi) onlayn tarzda qabul qilişni kengaytirdi, bu esa qoğozbozlikni kamaytiradi.
Hozirda Kongressda H-2A vizasini nafaqat mavsumiy, balki yil davomida işlaydigan sohalar (masalan, çorvaçilik) uçun ham qöllaş böyiça takliflar muhokama qilinmoqda.H-2A dasturida iştirok etiş huquqiga ega bölgan fuqarolarning röyxati AQŞ Milliy xavfsizlik vazirligi (DHS) tomonidan har yili yangilanadi. 2025 yilgi oxirgi röyxatga asosan, dasturda iştirok etişga ruxsat berilgan ayrim davlatlar quyidagilar:
• Meksika
• Filippin
• Tailand
• Ekvador
• Gonduras
• Gvatemala
• Yamayka
• Va boşqa köplab davlatlar.
Özbekiston 2026 yil 15 yanvar holatiga köra, H-2A viza dasturi orqali AQŞga qişloq xöjaligi işlariga boriş huquqiga ega bölgan davlatlar rasmiy röyxatiga kiritilmagan.









