Temir daftar. Unga kiriş oson, çiqiş qiyinmi?

Temir daftar. Unga kiriş oson, çiqiş qiyinmi?

«Temir daftar»ga kiriş oson, çiqiş esa ança qiyin. Bu haqda bizga Namangan viloyatiga qilingan safar davomida sözlab berişdi. Umuman, daftarga kiriş-çiqiş tartibini tuşuntirişdan oldin röyxatdan kimlar kiritilişi haqida ozgina gaplaşsak.

Daftarga kiruvçilar
«Temir daftar»ga ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi kiritilişi közda tutilgan. Bular:

1. kam taʼminlangan;
2. nogironligi bölgan;
3. ijtimoiy himoyaga muhtoj;
4. yakka-yolğiz keksalar;
5. doimiy işsiz fuqarolar;
6. karantin tufayli işsiz qolgan fuqarolar;
7. oğir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarning oilalari.

Muhtoj oilalar aniqlab olingandan söng masʼul xodimlar «Temir daftar»dagi maʼlumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron şaklda kiritib borişadi.

Kiriş
«Temir daftar»ga kiruvçilar röyxatini şakllantiriş mahalla orqali amalga oşiriladi. Röyxat tayyor bölgaç, tuman hokimligiga taqdim etiladi. Şundan söng sektor rahbari, tuman xalq deputatlari kengaşi vakili va mahalla oqsoqoli birgalikda joylarga çiqib, oilalar holatini örganib çiqadi. Umumiy xulosa asosida şakllantirilgan röyxat tuman xalq deputatlari kengaşi muhokamasiga qöyiladi. Kengaş tasdiğidan ötgan oilalar «Temir daftar»ga kiritiladi.

Iş jarayoni
Şundan söng kambağal oilalar bilan iş jarayoni boşlanib ketadi. «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga kompleks yordam körsatiladi. Moddiy yordamdan tortib, birlamçi oziq-ovqat mahsulotlarigaça yetkazib beriladi. Ammo eng muhimi — oilaning mehnatga layoqatli aʼzolarini iş bilan taʼminlab, muhtojlikdan çiqariş lozim. Qaçonki doimiy daromadga ega bölinsa, öşanda baraka böladi.

Bu örinda tayyor iş örinlari bilan birgalikda pul topişning boşqa yöllarini örgatiş ham juda muhim. Xususan, issiqxonalar qurib beriş, mol-qöy olib beriş, tovuq yetiştiriş kabi taşabbuslar katta ahamiyatga ega. Albatta fuqarolarga issiqxona yuritiş va mol-qöy boqişni örgatiş ham muhim ahamiyatga ega. Xuddi şu masalada Namanganda iş yaxşi olib borilmoqda. Issiqxona qurilgan xonadonlarga köçat yetkazib berilmoqda, çorvani parvarişlaş yöllari örgatilyapti. Xullas, «Temir daftar»dagi oilalar istalgan masala böyiça sektor rahbarlariga murojaat qilişlari mumkin.

Çiqiş
Oila özining doimiy daromadiga ega bölgan taqdirda ham uni «Temir daftar»dan çiqariş oson bölmaydi. Buning uçun fuqaro avvalo mahallaga murojaat qilib, röyxatdan çiqariş böyiça ariza topşirişi lozim. Söngra murojaat tuman hokimligi tomonidan körib çiqiladi. Ammo hokimlik rozi bölgan taqdirda ham «Temir daftar»dan çiqariş böyiça sönggi qaror tuman xalq deputatlari kengaşi tomonidan qabul qilinadi. Kengaş rad etsa, oila daftarda qolaveradi.

Ammo hammasi yaxşi keçib, oila «Temir daftar»dan çiqqan taqdirda ham baribir mahalla va hokimlik kuzatuvida qolaveradi. Lozim bölsa yana yordam körsatiladi. Eng muhimi — «Temir daftar»dan çiqarilgan oila yana kambağallikka qaytmasligi lozim.

Çiqa olmaydiganlar
Kambağallik dunyoning istalgan davlatida uçraydigan holat. Boquvçisini yöqotgan, nogiron va mehnatga layoqatsiz kişilar hamma joyda topiladi. Namanganda röyxatga olingan 24 382 ta oilaning 5 foizini şundaylar taşkil etadi. Bunaqa oilalar «Temir daftar»dan çiqarilmaydi va mudom qöllab-quvvatlaş ostida böladi.

Töraqörğon tumani, Saroy mahallasida istiqomat qiladigan Abduqodir Ahmadjonov oilasi şundaylar sirasiga kiradi. Oila boşliği birinçi guruh nogironi va ayolining soğligida ham muammolar mavjud. Bir nafargina farzand ham tibbiyot xodimlari körigidan ötib turişi lozim. Oilani kambağallikdan çiqariş böyiça zarur işlar olib borilyapti — ikki xonali uy tiklab berildi va issiqxona qurilmoqda. Ammo xonadon baribir nazorat ostida qolişi lozim. Vaziyat şuni taqozo etadi.

Çiqadiganlar
Aksinça, Töraqörğon tumani, Ibrat mahallasida istiqomat qiladigan Neʼmatjon Nurmatovlar xonadoni yaqin vaqtlar içida «Temir daftar»dan çiqişga tayyorlanmoqda. Oilada birinçi guruh nogironligiga ega farzand bor va xonadon boşliği doimiy daromadga ega emas edi. Mahalla faollari yordami bilan Nurmatovlarga ikki sotixli issiqxona qurib berildi. Şuningdek 50 sotix yer dehqonçilik qiliş uçun ajratilgan. Kreditga qöy olib berildi.

Qöşimçasiga xonadon bekasiga peç va tikuv maşinasi olib berildi. Mahalla fuqarolar yiğinining xotin-qizlar böyiça maslahatçisi Fotima Umarovaning aytişiça, pişiriq tayyorlaş va çevarçilik orqasidan oilaga qöşimça mablağ kirib kelmoqda. Mahalla faollari özaro maslahatlaşib, yaqin vaqtlar içida oilani «Temir daftar»dan çiqişga tayyorlamoqçi. Tegişli tartibda, albatta.

Eskilar va yangilar
Bir söz bilan aytganda, kambağallikni qisqartiriş böyiça olib borilgan işlar Namanganda samara keltirişni boşladi. Xususan, dastlab 24 382 oila «Temir daftar»ga kiritilgan bölsa, şundan 10 mingtasi çiqarilgan.

Ammo bu bilan iş töxtab qolmaydi. Hozirda muhtojlikda qolgan yangi oilalar qidirilmoqda. Hokimlik tomonidan xabar qilinişiça, yana 17 ming xonadonni röyxatga oliş rejalaştirilgan. Ular bilan ham tegişliça iş olib boriladi.

×