Asli özbekistonlik milliarder Alişer Usmonov pandemiya davrida Özbekistonga 25 million dollar xayriya qildi. Avalroq, u 20 million dollar ajratgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 23 aprel kuni Boş vazir örinbosari – Iqtisodiy tarqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida xayriyalar haqida maʼlumot berayotganda Alişer Usmonov yana 5 mln dollar ajratganini aytib ötdi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.
“Bizga 600 milliard sömlik xayriya mablağlari kelib tuşdi. Odamlar davlatga yelkadoş bölib turibdi. Çunki barça köryaptiki, köpka kelgan muammo. Xususan, vatandoşimiz, rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov 20 million dollar ajratdi, bugun esa uning nomidan yana 5 million dollar kelib tuşadi. Bu mablağlar birinçi navbatda Zangiota tumanida qurilayotgan şifoxonani jihozlaş uçun sarflanadi. Bundan taşqari, UzTex 1 million dollar ajratgan, Navoiy viloyatidagi “Baxt tekstil“ korxonasi 500 ming dollar, Turkiyadagi “Tashkent Trade Centre” 200 ming dollar xayriya qilgan”, deydi Jamşid Qöçqorov.
Qöçqorovning aytişiça, Özbekiston Mehr-şafqat va salomatlik jamğarmasiga ötkazilgan pullar 71 milliard sömdan oşdi. Bular 50 minggi dollar va 11 minggi yevroda. Vazir bu mablağlar uçun homiylaga minnatdorlik bildirib ötdi.









