Alişer Usmonov karantinni Toşkentda ötkazadi

Alişer Usmonov karantinni Toşkentda ötkazadi

Kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toşkentda böladi. Bu haqida biznesmen Forbes naşriga xabar qildi."Koronavirus pandemiyasi, albatta, biznesga ham, butun dunyo iqtisodiga ham taʼsir qiladi. Tadbirkorlarning nafaqat aktivlari, balkim majburiyatlari ham bor. Ularga nafaqat virusning özi, balkim u bilan birga kelayotgan, bozorlarni buzib yuborayotgan axborot tölqini ham muhimdir.

Pandemiya oldida barça barobar, hammaga Xudodan tirik qolişni sörayman. Hozirgi şaroitda, insonlar soğligi va faravonligi uçun siyosiy qarama-qarşiliklarga qaramasldan barça davlat rahbarlari birlaşib harakat qilişi juda muhimdir.

Menga kelsak, men – koronavirus eng xavfli bölgan guruhga kiraman. Şu sababli men özimni-özim virusdan izolyatsiya qildim. Hozir tarixiy vatanim - Toşkent şahridaman”, - dedi Alişer Usmonov Forbes naşriga.

Eslatib ötamiz, koronavirus infektsiyasi qandli diabet, yurak xuruji va pnevmoniya (öpka şamollaşi) bilan kasallangan, şuningdek 65 yoşdan katta fuqarolar uçun juda xavflidir.

×