AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) COVID-19 pandemiyasiga qarşi kuraşiş uçun Özbekistonga qöşimça 2,5 million dollar ajratdi. Bu haqda Özbekistondagi Amerika elçixonasi maʼlum qildi.
Şu tariqa, Özbekistonning COVID-19 ga qarşi kuraşdagi saʼy-harakatlarini qöllab-quvvatlaşga AQŞ hukumatining töğridan-töğri qöşgan umumiy hissasi 16 million dollardan oşdi. USAID uşbu qöşimça mablağni dori vositalari sifatini taʼminlaş va mamlakatda vaktsinaga nisbatan işonçsizlikni bartaraf etiş uçun yuqori darajadagi texnik yordam körsatişga sarflaydi.
“Özbekistonda töliq emlanganlar soni asta-sekin ösib bormoqda. Ammo pandemiya hali tugamadi – virus butun mamlakat böylab tarqalişda davom etmoqda va yangi variantlar global miqyosda doimiy xavf tuğdirmoqda. Pandemiyaga barham beriş barçaning xavfsizligini taʼminlaş, hayotlarni saqlab qoliş va global iqtisodiyotni tiklaş uçun juda muhim. “Vaktsinalar bunda asosiy yeçim bölib, Bayden maʼmuriyati bu harakatga sodiqligini yaqinda Qöşma Ştatlarning butun dunyo böylab 200 million dozadan ortiq COVID-19 vaktsinasini xayriya qilganini eʼlon qilişi orqali namoyon etdi”, deydi USAIDning Özbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit.
COVID-19 tarqalişiga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlarni qöllab-quvvatlaşdan taşqari, USAID Özbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş va mintaqaviy savdoni kengaytiriş, tuberkulyoz va boşqa salomatlik tahdidlariga qarşi kuraşiş, erta taʼlim böyiça saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaş va aholi ehtiyojlariga javob berişda hukumat salohiyatini oşiriş böyiça hamkorlik qilmoqda.









