Özbekistonda avtomobillar oynasining tusini özgartiriş uçun tölanadigan summa kamaytirilişi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev maʼlum qildi.
Deputatning maʼlum qilinişiça, tonirovka narxini kamaytiriş yuzasidan qaror loyihasi işlab çiqilmoqda.
“Yoz kelib, kunlar isişi bilan tonirovka masalasi kun tartibiga çiqadi. Joylarda fuqarolar, yoşlar bilan uçraşuvlarda, ijtimoiy tarmoqlarda aynan tonirovka böyiça juda köplab murojaatlar böladi.
Şu murojaatlardan kelib çiqib, hamkasbim Bahrom Rahmonaliyev bilan tonirovka narxini pasaytiriş yuzasidan 2-3 xil takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritişdan avval Içki işlar vazirligiga takliflarimizga munosabat bildirişlarini sörab, deputatlik sörovi yuborgandik.
Bugun Içki işlar vazirligidan sörovimizga javob kelibdi. Yomon tomoni, har doimgidek sörovga aniq javob yöq, takliflarimizga heç qanday munosabat bildirilmagan”, deydi Ğaniyev.
Deputat javob xatida yaxşi yangilik ham borligini taʼkidlagan. Javobda aytilişiça, tonirovka narxini kamaytiriş yuzasidan Prezident Adminstratsiyasi tomonidan qaror loyihasi işlab çiqilgan va bu loyihaga Içki işlar vazirligi tomonidan tegişli takliflar bildirilgan.
“Demak, yaqin orada tonirovka masalasi böyiça ijobiy özgariş böladiganga öxşaydi. Avtomobil oynalarini qoraytirişga doir çeklovlar butkul bekor qilinişini kutmasamda, lekin tonirovka uçun belgilangan narxlar sezilarli miqdorda pasayadi, deb umid qilaman”, degan Doniyor Ğaniyev.
Maʼlumot uçun, hozirda "tonirovka" narxlari quyidagiça:
Orqa yon oyna (orqa eşik) uçun (1 yilga):
jismoniy şaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming söm);
yuridik şaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming söm);
xorijiy taşkilotlarga - 20 barobar (4 mln 460 ming söm).
Old va orqa yon oynalar uçun (barça yon oynalar) (1 yilga):
jismoniy şaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming söm);
yuridik şaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming söm);
xorijiy taşkilotlarga - 80 barobar (17 mln 840 ming söm).
Turistik avtobuslar ham 50 barobar (11 mln 150 ming söm) miqdorida.









