Kiyev uçun janglar bölmoqda – deputat

Kiyev uçun janglar bölmoqda – deputat

Ukraina poytaxti Kiyevda mamlakatga bostirib kirgan rus diversantlari va ukrain askarlari örtasida otişmalar bölmoqda. Bu haqda Ukraina Oliy Radasi Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qömitasi raisining örinbosari Maryana Bezuglaya maʼlum qildi.

Bezuglayaga köra, 26 fevral kuni ertalab soat 4:26 holatiga köra Kiyevdagi vaziyat haqida gapirib, şunday degan:

“Ukraina Qurolli Kuçlari razvedkaçi-sabotaj guruhini Kiyevdan siqib çiqaryapti. Janglar davom etmoqda”.

Ukraina OAV Prezident Zelenskiy Kiyev mudofaasiga şaxsan boşçilik qilayotganin taʼkidlamoqda.

UNIAN xabariga köra, 26 fevralga ötar keçasi Kiyevning qator tumanlarida portlaş ovozlari eşitilgan. Beresteyskayada bosqinçilar harbiy qismni egallab olişga harakat qilişgan, ammo Ukraina Qurolli kuçlari ularga qarşilik körsatgan. Hozir öng qirğoqda notinçlik.

Ukraina Qurolli Kuçlari qömondoni Kiyev viloyatida bortida desantçilar bölgan (Rossiyaning) Il-76 urib tuşirilganin maʼlum qilgandi.

×