Şohrux reper deputat etib saylandi

Şohrux reper deputat etib saylandi

Rep yönalişida ijod qiluvçi taniqli qöşiqçi Şohruh Şodmonov ÖzLiDePdan Toşkent şahar Çilonzor tumani kengaşiga Xalq deputati etib saylandi. Bu haqda xonandaning özi instagramdagi rasmiy sahifasi orqali maʼlum qildi.

“Aziz hamyurtlar! Mana, sizlarning ovozlaringiz bilan Toşkent şahar Çilonzor tumani kengaşiga Xalq deputati bölib saylandim! Mendan balandparvoz gaplarni kutmang, mening fikrimça, har bir deputat saylangan hududida bor muammolar bilan maksimal işlaş kerak, xalq esa baho beradi. Barçangizdan minnatdorman! Işonçingiz uçun rahmat!” – deya izoh qoldirgan xonanda öz postida.

Avvalroq xonanda uşbu tuman kengaşi deputatligiga öz nomzodini qöyganligi haqida xabar bergandik.

Eslatib ötamiz, 22 dekabr kuni Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlariga saylovlar bölib ötdi. Saylovlarda çet el bilan birga hisoblaganda 13,9 mln nafar saylovçi iştirok etdi va bu saylovçilar umumiy sonining 67,8 foizidan iboratdir. Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga ÖzLiDePdan – 43 nafar, “Milliy tiklaniş”dan – 35 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – 21 nafar, XDPdan – 18 nafar,  Ekologik partiyasidan – 11 nafar deputat saylandi. 

×