Sönggi kunlarda keng jamoatçilik tomonidan mamlakatimizda joriy etilgan karantin holatida Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan şaxslarning transport vositalarini uşlab turilişi, karantin holati rasman bekor qilinguniga qadar jarima maydonlarida saqlanişi qonuniyligi yuzasidan qizğin bahs-munozaralar davom etyapti. Xöş, mazkur munosabatlar qonun bilan tartibga solinganmi, transport vositalarini uşlab turiş qanday asoslar mavjud bölganida va qaysi vakolatli organ tomonidan qöllaniladi, uşlab turişning muddatlari va huquqiy oqibatlari qanday degan asosli savol yuzaga kelib çiqadi?
Özbekiston Respublikasida maʼmuriy huquqbuzarliklar 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi bilan tartibga solinadi. Mazkur kodeks qanday qilmiş maʼmuriy huquqbuzarlik ekanligini va uning qanday jazoga sazovorligini, şuningdek, javobgarlikka tortişning asoslari, mezonlari va öziga xos taraflarini belgilab beradi.
Kodeksning 1-moddasiga köra, maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi qonun hujjatlari uşbu Kodeks, Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining va Vazirlar Kengaşining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlarining, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining qarorlaridan iboratdir. Bu nima degani? Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi qonun hujjatlarini tartibga soliş yuqoridagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Bu yerda birinçi navbatda ustunlik kodeksning öziga berilgan. Kodeks bilan yaxlit tartibga solinmagan yoki huquqbuzarligi töğridan-töğri körsatilmagan qilmiş moddada nazarda tutilgan boşqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinişi mumkin. Lekin bu yerda öziga xos jihat mavjud bölib, bu uşbu qöşimça tartibga soluvçi normativ hujjatlarning eng avvalo Konstituttsiya va Kodeksga zid kelmasligi. Misol uçun, kodeksning 49-moddasi mehnat va mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş uçun javobgarlikni belgilaydi. Lekin, bu yerda mehnat qonunçiligini aynan qanday tarzda buzilişi uçun javobgarlik qöllanişi körsatilmagan. Mana şu yerda boşqa normativ huquqiy hujjatlardagi qonunçilikka murojaat qilinib, mehnat qonunçiligi tartibi buzilgan yoki buzilmaganiga baho beriladi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik özi nima? Maʼmuriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan maʼmuriy javobgarlikka tortiş nazarda tutilgan, şaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkçilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvçi ğayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tuşuniladi.
Kodeksga köra, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan şaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uçun jarima, maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etiş quroli hisoblangan yoki bevosita şunday narsa bölgan aşyoni haqini tölaş şarti bilan olib qöyiş, maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etiş quroli hisoblangan yoki bevosita şunday narsa bölgan aşyoni musodara qiliş, muayyan şaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boşqariş huquqidan, ov qiliş huquqidan) mahrum etiş, maʼmuriy qamoqqa oliş va çet el fuqarolarini va fuqaroligi bölmagan şaxslarni Özbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda çiqarib yuboriş maʼmuriy jazo çoralari qöllanilişi mumkin. Uşbu jazolar qonunçilikda belgilangan qatʼiy jazolar hisoblanadi va bularni boşqaça tarzda yoki körinişda tatbiq etib bölmaydi. Özbekiston Respublikasi yuqoridagilardan boşqa maʼmuriy jazo çoralari (qonunda nazarda tutilgan tibbiy yösindagi majburlov çorasidan taşqari) mavjud emas.
Maʼmuriy jazo maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan şaxsni qonunlarga rioya etiş va ularni hurmat qiliş ruhida tarbiyalaş, şuningdek ana şu huquqbuzarning özi tomonidan ham, boşqa şaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilişining oldini oliş maqsadida qöllaniladi. Yaʼni, jazo bir vaqtning özida öziga xos profilaktika tadbiri ham hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasining 2020 yil 26 martdagi “Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi ÖRQ-613-sonli Qonuni bilan Özbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi yangi tahrirda bayon qilindi.
Moddaning birinçi qismiga köra, karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joyida niqobsiz bölganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilanib, uşbu qilmiş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça miqdorda jarima soliş jazosini qöllanişi nazarda tutildi.
Moddaning ikkinçi qismiga köra, karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişining yoki tarqalişining oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buziş, şu jumladan karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida şifoxonadagi içki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekşiruvdan ötiş va davolaniş, karantinni ötaş uçun belgilangan joylarga yetib boriş va uşbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqiş xavfi mavjud bölgan davrda muloqotda bölingan şaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oşkor qiliş töğrisidagi yoki boşqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik uçun javobgarlik belgilanib, bu qilmiş uçun fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravaridan öttiz baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – öttiz baravaridan ellik baravarigaça miqdorda jarima soliş mumkin böladi. Mazkur moddaning har ikki qismida ham boşqaça tarzdagi jazo nazarda tutilmagan. Tranpsort vositalarini belgilangan hududlarda stikersiz boşqarilişi mumkin emasligi karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişining yoki tarqalişining oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalar sirasiga kiradi. Bu maxsus komissiya tomonidan belgilab berilgan. Mana şu holatni maxsus komissiyaning qarorida belgilanişi yuqorida tuşuntiriş berilgan Kodeksning 1-moddasi doirasida qabul qilingan. Yaʼni, kodeksda töğridan-töğri stikersiz avtomaşina boşqarganlik uçun javobgarlik körsatilmagan bölib, bu holat maxsus komissiya qarori bilan tartibga solingan.
Kodeksning 242-moddasida, “Maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni:
1) tuman (şahar) maʼmuriy sudlari, iqtisodiy sudlar, fuqarolik işlari böyiça sudlar;
3) voyaga yetmaganlar işlari böyiça tuman (şahar) idoralararo komissiyalari;
4) içki işlar organlari (mansabdor şaxslari), davlat inspektsiyasi organlari (mansabdor şaxslari) va uşbu Kodeks bilan vakolat berilgan boşqa organlar (mansabdor şaxslar) körib çiqadilar” deb belgilab qöyilgan. Bu vakolatli organlar tasnifi kodeksda alohida, bittama-batta ajratib berilgan bölib, boşqa organlar degan tuşunçani keng anglaş lozim böladi. Şu organlar içida Davlat sanitariya nazorati organlari ham mavjudligiga eʼtiboringizni qaratişingiz lozim böladi.
ÖRQ-613-sonli Qonun bilan MJtKning 257-moddasiga özgartiriş kiritilib, MJtKning 54-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganida Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan körib çiqilişi va jazo qöllanişi mumkinligi belgilab qöyildi. Yaʼni, agarda har qanday şaxs MJtKning 54-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etsa Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş va jarima soliş tariqasida maʼmuriy jazo çorasi qöllaşga quyidagilar haqlidirlar:
Özbekiston Respublikasi Boş davlat sanitariya inspektori va uning örinbosari;
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boşqarma boşliqlari va ularning örinbosarlari;
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boşqarmalari tuman (şahar) filiallarining mudirlari.
Yuqoridagi qonunga kiritilgan özgarişdan şuni tuşuniş mumkinki, deylik şaxs transport vositasini maxsus stikersiz belgilangan maʼmuriy hududda boşqarib ketayotgani holati aniqlansa, unga nisbatan biroz avval sanab ötilgan uç toifadagi mansabdor şaxslar tomonidan maʼmuriy iş yuritilişi yoki jazo qöllanişi masalasi körib çiqilişi mumkin. Masalaning öziga xos tarafi nimada? Mazkur huquqbuzarlik uçun qonunda boşqa jazo yoki taʼsir çorasi nazarda tutilmagan. Xuddi şuningdek, yuqorida körsatib ötilgan mansabdor şasxlardan boşqa heç kim bu holatda maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştira olmaydi yoki jazo tayinlay olmaydi (maʼmuriy sudlar alohida holatlarda körib çiqişi mumkin). Haqli savol tuğiladi, Davlat sanitariya nazorati organlari köçada harakatlanib ketayotgan transport vositalarini töxtata olmaydi, unda masala qanday hal qilinadi? Mana şu yerda qonunga köra, yöllarda transport vositalari harakatlanişini tartibga soliş majburiyati yuklatilgan Yöl harakati xavfsizligi xodimlari Davlat sanitariya nazorati organlari xodimlari bilan hamkorlikda işlaşi va transport vositalarini töxtatib beriş masalasini hal qilişda iştirok etib berişi lozim böladi.
Şuningdek, uşbu masalani yeçimi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi “Qonun hujjatlari buzilganligi uçun uşlangan transport vositalarini töxtaş joylariga olib keliş, joylaştiriş va saqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi №149-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan ham tartibga solingan. Nizomning 2-bandida “Davlat organining transport vositalarini uşlaş huquqiga ega bölgan, uşlangan transport vositasini töxtaş joyiga joylaştiriş töğrisida qaror qabul qilgan vakolatli xodimi bu haqda tegişli davlat organining navbatçilik qismiga xabar beradi.
Davlat organining xabarni qabul qilgan navbatçilik qismi xodimi uşbu xabarni qayd etadi va içki işlar organining hududiy bölinmasi navbatçilik qismiga va Yöl harakati xavfsizligi hududiy boşqarmasining Markaziy dispetçerlik xizmatiga maʼlum qiladi” deb belgilangan. Transport vositasini uşlab turişga vakolati bor bölgan organ yoki uning mansabdor şaxsi qonunda belgilangan tartibda, agarda qonunda töğridan-töğri körsatgan va uşlab turiş vakolati bölganida bu holatni qonuniy rasmiylaştiradi va ijro uçun içki işlar organiga xabar beradi.
Bundan taşqari, Kodeks bilan transport vositalarini uşlab turiş va körikdan ötkaziş asoslari va tartibi belgilab berilgan bölib, MJtKning 291-moddasi mazmuniga köra, transport vositalarini uşlab turiş va körikdan ötkaziş qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor şaxslar) tomonidan uşlab turiş sababi bartaraf etilgunga va maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körilgunga qadar amalga oşirilişi mumkinligi bayon qilingan.
Xususan, mazkur moddada, transport vositalarini uşlab turişga içki işlar organlari, harbiy avtomobil inspektsiyasining mansabdor şaxslari, Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi organlarining mansabdor şaxslari, harbiylaştirilgan soqçilikning mansabdor şaxslari va Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kiçik hajmli kemalar inspektsiyasining mansabdor şaxslariga vakolat berilgan hamda ularga aynan qaysi moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlik uçun uşlab turiş mumkinligi ham körsatib berilgan. Mazkur davlat organlari yoki mansabdor şaxslar orasida Davlat sanitariya nazorati organlari yoxud ularning mansabdor şasxlar körsatilmagan. Xuddi şuningdek, MJtKning 54-moddasi ham qayd etilmagan.
MJtKning 291-moddasiga köra, transport vositalarini uşlab turiş muddati öziga xos tarzda bayon qilingan. Yaʼni, vakolat berilgan organlar (mansabdor şaxslar) tomonidan transport vositasi uşlab turiş sababi bartaraf etilgunga va maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körilgunga qadar uşlab turiş mumkinligi körsatib ötilgan. Bu yerda uşlab turiş sababi bartaraf etiş deganda nima nazarda tutilgan? Deylik, haydovçi transport vositasini yonida tegişli hujjatlarni olib yurmagan holda boşqarsa, uni avtomaşinasi jarima maydoniga vaqtinça saqlaş uçun olib kiriladi. Şaxs tomonidan zarur hujjatlar içki işlar organiga taqdim qilingan va tayinlangan jarima töliq tölangandan söng avtomaşinani olib çiqilişiga ruxsat beriladi. Bu bilan şaxs amalda uşlab turiş sababini bartaraf etadi va uni avtomaşinasini uşlab turiş zarurati qolmaydi.
Şuningdek, transport vositalari maʼmuriy iş körib yakuniga yetguniga qadar uşlab turilişi mumkin. Albatta bu taʼsir çorasi işni yakuni böyiça transport vositasini kelgusidagi taqdirini belgilaş zarurati bölganda qöllaniladi. Bu tartib köproq sudlar tomonidan körib çiqilayotgan işlar bilan boğliq hollarda qöllanadi.
Albatta, tahlil qilingan masalalarni töğri hal qilişda Özbekiston Respublikasining 2012 yil 24 dekabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonuni talablariga eʼtibor qaratiş maqsadga muvofiq böladi.
Qonunning 7-moddasida, “Özbekiston Respublikasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi sözsiz tan olinadi” deb belgilangan.
Qonuning 8-moddasida esa “Özbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum ötkaziş yöli bilan qabul qilinadi.
Kodekslar Özbekiston Respublikasining qonunlari bilan tasdiqlanadi” deb körsatilgan. Mazkur Qonun mazmunidan kelib çiqib, kodekslar Qonun bilan tasdiqlanişi va Konstituttsiya bilan bir qatorda boşqa barça normativ huquqiy hujjatlardan ustunlikka ega ekanligini köriş mumkin.
Yuqorida tahlili qilib ötilgan masalalardan xulosa çiqariş özingizga havola. Zero, qonuniylikni hamda qonun ustivorligini taʼminlaş orqaligina haqiqiy demokratik jamiyat barpo etişimiz mumkin.
Abrorxon AKRAMOV,
Farğona viloyati
Toşloq tuman maʼmuriy sudining raisi









