Sudya çet elda işlayotgan köpgina özbek ayollarini fohişaga çiqardi

Sudya çet elda işlayotgan köpgina özbek ayollarini fohişaga çiqardi

Toşkent şahar Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudyasi Durdona Dadaxonova xorijda işlayotgan köpgina özbek ayollarini töğridan-töğri fohişaga çiqardi. Uning Özbekiston Respublikasi Oliy sudining Telegram’dagi kanalida tarqatilgan çet elda fohişalik bilan şuğullanayotgan ayollar haqidagi maqolasi şunday sözlar bilan boşlanadi:

“Köpgina özbek ayollari çetga işga borib nima iş bilan şuğullanganini sörasangiz “enagalik qildim”, deb javob beradi. Aslida esa tanini sotib, fohişalik qilgan böladi yoki yoş qizlarni çetga olib borib fahş işlarni qilişga undagan bölib çiqadi”. 

Şu örinda savol tuğiladi: qiziq, sudya öşa ayollar “enagalik qildim”, deb fohişalik bilan şuğullanayotganini qayerdan bildi ekan? Yo ularning tepasida tomoşabin bölib turganmi? U bu qadar aniq va va qatʼiy fikrlarni qaysi asoslarga köra örtaga taşlamoqda. Yana maqolada ayrim emas, balki köpgina özbek ayollari xususida söz bormoqda. 

U öz maqolasida asli namanganlik Toliba Qosimova (ism-şariflar özgartirilgan) haqida söz yuritadi va şunday yozadi:

“Bir muddat u ham Turkiyaga borib enagalik qilganlardan. Keyinçalik bu iş joniga tegdimi, Özbekistonlik qizlarni Istanbulga çorlab, fohişalik qilişga majburladi.  Bu işda unga şaʼriy nikohdagi eri Ravşan Mahmudov kömak berdi.

Bu  ikkala uyuşgan guruh aʼzolaridan bir neça özbek qizlari jabr körgan. Ana şulardan biri Gulnora Azimovadir. Uning sözlab berişiça, 2016 yilning aprel oyida Toliba bilan internet tarmoği orqali tanişib qolgan. Toliba Gulnoraga Turkiyaga kelib işlaşni, mömay daromad topişini taklif qiladi. 

Şundan söng, Gulnora Tolibaga fuqarolik pasporti va suratini Telegram orqali yuboradi. Toliba unga Toşkent-Istanbul reysiga aviaçipta olib beradi. 2016 yil 21 iyun kuni u Istanbul şahriga uçib boradi. Aeroportda uni Tolibaning özi kutib olib, özi yaşaydigan xonadonga yetaklaydi. 

– Meni  uyda Tolibaning qozoğistonlik Dilbar ismli  jiyani, turmuş örtoği Ravşan akalar kutib olişdi – deydi G.Azimova, – Şu kuni Toliba meni dökonga olib borib, kiyim keçaklar sotib olib berdi. Şundan söng 15 kun davomida tekinga, aviaçipta va boşqa xarajatlar uçun işlab berdim. Biz yaşaydigan köp qavatli uyda "Jaxan" ismli turk fuqarosining bir-neçta xonadonlari bölib, Dilbar bilan bir xonadonda fohişalik bilan şuğullana boşladik. Bir kunda har-xil mijozni qabul qilardik.

Bir kuni Toliba menga  boşqa taniş qizlar bölsa, işga çaqirişni söradi. Dugonam Umida bilan gaplaşib, unga Turkiyaning Istanbul şahriga kelişi niyati bor-yöqligini söradim. Toliba internet orqali Umida bilan gaplaşib, uni ham Turkiyaga çaqirtirdi.

2016 yilning avgust oyida Umida Fayziyeva ham Turkiyaga kelib, ular yaşayotgan fohişaxonaga kelib qöşiladi. Har kuni bir xil iş bölgani uçun  qizlar qiynalib ketişadi. Ayrim paytlari iş haqi qizlarga berilmasdi. Umida norozi bölib, uyga qaytişini aytdi. Ammo Toliba ketişga ruxsat bermadi. Va nihoyat, 2016 yil sentyabr oyida Öğiloy Özbekitsonga qaytib keldi. 

Uyuşgan jinoiy guruh rahbari T.Qosimovaning vazifasiga Özbekiston Respublikasidan yoş qizlarni Turkiya davlatida işlab yaxşi maoş olişligini aytgan holda ularni Turkiya davlatiga kelişiga qiziqtiriş, söng özi va uyuşgan jinoiy guruh aʼzosi R.Mahmudov bilan birga jabrlanuvçilarga Turkiya davlatiga kelişi uçun aviaçiptani olib berişi va bevosita şu yöl bilan ularni Turkiya davlatiga kirib kelişiga erişganlar.

Uyuşgan jinoiy guruh iştirokçilari 2015-2016 yillar davomida Turkiya davlatining Istanbul şahrida Namangan viloyatida yaşovçi dastlabki tergov davrida şaxsini aniqlaş imkoni bölmagan “Dilşoda” va “Dildora” ismli qizlarni internet tarmoğidagi saytga joylaştirib, uşbu saytga Tolibaning telefon raqamini yozib, mijozlarni jalb qilib, qizlarni şahvoniy maqsadlarda ekspluatatsiya qilib foydalanib kelganlar. 

Jinoiy guruh aʼzolari 2017 yil 16 fevral kuni yana bir vatandoşimiz D.U.ni Toşkent-Istanbul yönalişi böyiça rasmiylaştirilgan elektron aviaçipta olib berib, aeroport orqali Özbekiston Respublikasidan Turkiya davlatiga çiqartirib yubormoqçi bölganlarida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olinadi.

Sudda T.Qosimova va R.Mahmudovlar ayblariga töliq iqrorlik bildirdi. 

Sud har ikkalasiga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi”.

Yuqoridagi ismlari töqima bölgan bu voqeaning qançalik töqima emasligiga qoronğu. Ammo, qonun himoyaçilarining özi qonunni buzmay, maqolalar bitişda sözlarni çertib tanlaşsa, nomaqbul xatti-harakatlar qilgan bir neça nafar yoki ayrim ayollarni deb çet davlatda halol mehnat bilan pul topayotgan öşa aytilgan "köpgina özbek ayollari" nomini bulğamaslikni söragan bölar edik. Har holda sudyasiz, deydi "qalampir.uz".

×