Alişer Qodirov va Rasul Kuşerbayev örtasidagi bahsga nima sabab böldi?

Alişer Qodirov va Rasul Kuşerbayev örtasidagi bahsga nima sabab böldi?

Deputatlar Alişer Qodirov va Rasul Kuşerbayev örtasidagi gap talaşişni körgan bölsangiz kerak. Qirqib olingan video biroz tuşunarsiz, deb yozadi huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev.

Aslida nima böldi?

«Masalaning oxiriga yetiş uçun muhokamani töliq körib çiqdim. Kuşerbayev himoya qilayotgan Jinoyat-protsessual kodeksini özgaritirişga oid qonun loyihasiga faqat Qodirov emas, boşqa deputatlar — Ilhom Abdullayev, Doniyor Ğaniyev, Şarofiddin Nazarov ham eʼtiroz bildirgan. Huquqşunos sifatida aytişim mumkinki, barçasining eʼtirozi töppa-töğri!

Qonun loyihasi matni yuridik jihatdan puxta emas, şu sababli ertaga amaliyotda tergovçilar bu lazeykali qonundan foydalanib, mansabdor şaxslarning telefon va kompyuterlarini bemalol titkilay oladigan bölib qoladi. Amaliyotda buni birorta deputat nazorat qilib berolmaydi, qölidan kelmaydi.

Eʼtiroz bildirayotgan deputatlar jon kuydirib şu narsani tuşuntira olmabdi. «Yöq, amaliyotda unaqa bölmaydi» deb aytilgan quruq gap eʼtirozlarga javob emas.

Huşyor deputatlarga rahmat!» — qayd etadi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.

Şuningdek, Alişer Qodirovning yurtimizda ham köpçilikni taşkil etadigan millatga nisbatan hurmatsizlik maʼnosini uyğotuvçi iborani işlatgani notöğri böldi, imkon qadar bunday iboralarni işlatişdan barçamiz qoçişimiz kerak, deya qöşimça qiladi bloger.

×