Sirdaryoda qariyb 35 mln sömlik pirotexnika vositalarini olib ketayotgan fuqaro uşlandi

Sirdaryoda qariyb 35 mln sömlik pirotexnika vositalarini olib ketayotgan fuqaro uşlandi

Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari, viloyat bojxona boşqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida amalga oşirilgan tezkor tadbirda 34 800 000 sömlik pirotexnika vositalarini olib ketayotgan Nexia haydovçisi aşyoviy dalillar bilan qölga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, mazkur tadbir davomida Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvçi fuqaro M.I. tomonidan Nexia avtomaşinasida Qirğiziston Respublikasidan yaşirin yöl bilan olib ötilgan, umumiy qiymati 34 800 000 sömga baholangan 73 452 dona pirotexnika vositasi aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Hozirda Sirdaryo viloyati bojxona boşqarmasi mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-suriştiruv işlarini olib bormoqda.

×