Rossiya-Ukriana uruşiga ayollar aralaşdi. Turkiya birinçi xonimi butun dunyoga murojaat qildi

Rossiya-Ukriana uruşiga ayollar aralaşdi. Turkiya birinçi xonimi butun dunyoga murojaat qildi

Bolalar ustiga yoğilib kelayotgan bombalarga köriş uçun emas, faqat samoga qarab uçib borayotgan rang-barang şarlarni tomoşa qiliş uçungina osmonga qarasin. Ölim haqidagi xabarlarda bolalarning ismi keltirilgan dunyoda heç birimiz baxtli bölolmaymiz. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning rafiqasi – mamlakat birinçi xonimi Emina Erdöğan özining Ukrina xalqi va butun dunyoga qilgan murojaatida söz oçgan. 

Emina Erdöğan videomurojaati avvalida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Olena Zelenskayaning nomini tilga oladi va u orqali butun Ukraina xalqiga salom yöllaydi. 

“Ukrainaga qilingan hujumlardan çuqur qayğuda ekanligimni bilişingizni istayman. Turkiya davlati ölaroq voqealarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Ukraina xalqi turk xalqining duolaridadir. Allohdan tezroq osuda hayotga qaytişingiz va heç bir jon jabr körmasligini söraymiz. Köp yillar davomida dunyoning bir neça nuqtalarida davom etayotgan uruş va mojarolarni töxtatişga harakat qilgan bölsak-da, Ukraina hozir ham xuddi şunday tajribani boşidan keçirayotgani, biz öçirmoqçi bölgan olovni yanada kuçaytirdi.

Uning qayd etişiça, dunyo tarixi sahifalari köplab uruşlar va köz yoşlar bilan tölib-toşgan. Uruşning alamli oqibatlarini hamma yaxşi biladi. 

Emina Erdöğan sözida davom etarkan, 2011 yildan buyon Suriya parokanda qilib kelayotgan qirğinbarotlardan qoçgan oddiy odamlar Turkiyada boşpana topgani, ammo hamon vatan soğinçi bilan yaşayotganini urğuladi. 

“Turkiya uruşdan qoçgan millionlab odamlarga mezbonlik qilmoqda. 2011 yilda Suriyada boşlangan uruşlardan qoçib Turkiyaga kelgan 4 millionga yaqin odamni bağrimizga oldik. Ularning barbod bölgan hayotlarini tiklaşga, yöqotgan umidlarining qayta kurtak oçişiga yordam qilyapmiz. Neça yillarki, tuproqlarimizda hayot ipini tutib qolişga harakat qilgan insonlarning taqdiriga guvoh bölib kelyapmiz. Na qalblardagi yaraning örni bityapti va na vatan soğinçining. Ana şunday alamli holatlarga qaramay, dunyo böylab qoçqinlar bosib ötgan yöllarida yangi qoçoqlar lagerlari taşkil etilişi davom etmoqda. Ming afsuski, bu yöllar yangi kelajakni oçiş örniga, mavjud tarixni ham yöqqa çiqarmoqda”, deydi Turkiya birinçi xonimi. 

Emina Erdöğanga köra, uruşlarda eng katta zarar köradigan aholi qatlami ham aynan ayollar va bolalar. U özi ham ayol, ona va buvi ekanini taʼkidlab, butun dunyoni ayollar va bolalar uçun uruşni töxtatişga çaqirdi. 

“Biz öz tajribamizdan bilamizki, eng zaif guruhni taşkil etuvçi ayollar va bolalar uruşlardan nomutanosib taʼsirlanadi. Ölim haqidagi xabarlarda bolalarning ismlari tilga olinadigan dunyoda heç birimiz baxtli va osoyişta böla olmaymiz. Ayol, ona, buvi sifatida taʼriflab bölmaydigan qayğudaman. Men butun dunyoga murojaat qilmoqçiman: keling, boşqa uruşga yöl qöymaylik, şu bilan birga davom etayotgan uruşlarni töxtatişimiz kerak. Insoniyat hozirgi vaziyatdan juda çarçagan. Men mamlakatlar muammolarini nizolar bilan emas, balki diplomatiya bilan hal etişlarini tilayman.

Xalqaro hamjamiyat Ukraina uçun körsatgan birdamlik namunasi tili, dini va irqidan qatʼi nazar, barça mazlum xalqlar uçun amal qilişi kerak. Dunyodagi barça ayollar va bolalar bir insoniyat oilasining aʼzolaridir. Şuning uçun qayerda uruş bölmasin, biz tinçlik örnatiş uçun xuddi şunday kuçli refleks körsatilişini söraymiz. Bolalar faqat osmonga kötarilayotgan şarlarni tomoşa qiliş uçun boşlarini kötarişlari kerak, ustilariga yoğilayotgan bombalarga qaraş uçun emas”, deydi Emina Erdöğan.

×