Namanganda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. Jami ölimlar soni 7taga yetdi

Şu yilning 14 aprel kuni Namangan şahrida yaşovçi G. oğir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oşirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infektsiyasi borligi tasdiqlangan. 54 yoşli uşbu bemor (ayol) oldin ham gipertoniya va qandli diabet taşxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Uşbu kasalliklari hisobiga u 17 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklari şifoxonasining reanimatsiya bölimiga olingan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida ötkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etdi.

×