Tibbiy niqob taqçilligi töğrisida köp yozildi. Biroq bu bilan koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan muammolar töxtab qolmaydi. Covid-19 zarba bergan deyarli barça davlatlar sanitariya vositalari taqçilligiga duç kelişdi. Niqoblar taqçilligi OAVning eʼtiborini köproq jalb qildi, şuningdek, ularga bölgan talab qölga surtiladigan gellarga qaraganda yuqori, biroq bu muammoni hal etmaydi. Taqçillikning asosiy sababi — antiseptik işlab çiqaradigan sanoatning bunday keskin talabga javob bermasligidir.
AQŞ
Taqçillik fonida, mamlakatda antiseptiklar narxi 2-4 barobarga oşdi va omborlardan dökonlarga yetkazib berişning örtaça vaqti 2-3 haftadan 6-8 haftaga uzaydi. Taqçillikka qarşi kuraş uçun mart oyi boşida hatto mahbuslar ham jalb qilindi, ulardan antiseptiklar işlab çiqarişda foydalanişdi.
Kongress tomonidan qabul qilingan iqtisodiy yordam Dasturi vaziyatni önglaşi lozim. Dastur bandlaridan biri — distillangan spirtga (aksariyat antiseptiklarning asosi) federal aktsizni bekor qiliş. Şuningdek, sanitariya vositalarini işlab çiqarişni tezlaştiriş maqsadida hukumatda ilk marta antiseptiklar işlab çiqarilişida etalon spirtini qöllaşga ruxsat berildi. Natijada distillaş sohasida faoliyat yuritayotgan 500 dan ortiq kompaniya vaqtinça qayta tiklandi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Şveytsariya
2018 yilda mamlakat 10 000 tonna etanol favqulodda zaxirasidan voz keçdi. Va antiseptik işlab çiqarişda zarur bölgan xomaşyo yetişmasligi epidemiya boşlangandayoq öz taʼsirini körsatdi: bir neça hafta oldin dökonlardan sanitariya vositalari yöqoldi.
Taqçillikni aroq, şarob va pivo zavodlarida antiseptiklarni işlab çiqariş orqali bartaraf etişga urinişmoqda. "Clariant" kimyo kompaniyasi Bavariyadagi korxonalarida har oy 2 mln litr dezinfektsiyalovçi vosita işlab çiqarişni boşladi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Frantsiya
Antiseptiklar taqçilligi natijasida ayrim dorixonalar ularni özi işlab çiqarişni yölga qöydi. Kuniga örtaça 10 ming litr, yaʼni taxminan 100 mingga yaqin şaxsiy idişlar işlab çiqariladi. Tanqislik muammosini bu hal etmaydi — bunday sanitariya vositalarini topiş osonmas va beriş qatʼiy tartibga solingan: bir odamga ikkitadan köp berilmaydi va idişini qaytariş şarti bilan beriladi.
"LVMH" (Dior, Givenchy va boşqalar) konglomerati atir işlab çiqariş quvvatining bir qismini qöl uçun dezinfektsiya vositalarini işlab çiqariş uçun ötkazişga qaror qildi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Buyuk Britaniya
Antiseptiklarning yetişmasligi fevral oyi oxiri va mart oyi boşlarida boşlandi. Köplab supermarket va dorixonalar dezinfektsiyalovçi gel savdosiga kişi boşiga nisbatan qatʼiy çeklov örnatişdi, çunki işlab çiqaruvçilar xomaşyo va tovar tanqisligiga duç kelişgandi.
Muammoni hal qiliş uçun sanitariya vositalarini işlab çiqariş köplab korxonalar — "Ineos" kimyo kontserni (rejalaştirilayotgan quvvat — oyiga 10 mln şişa), pivo zavodi va aroq zavodiga ötkazildi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Ispaniya
Fevral oxirida Ispaniya dorixonalarida dezinfektsiya gellari niqoblar singari bir neça kun içida tokçalarda qolmadi. Favqulodda holat eʼlon qilinişi arafasida mart oyining ikkinçi haftasida mamlakatda gel, niqob va tibbiy spirt tugadi.
Şunda laboratoriyasi mavjud köplab dorixonalar sanitariya vositalarini özlari işlab çiqara boşlaşdi. Gel işlab çiqaruvçi kompaniyalar esa işlab çiqariş aylanmasini 20 martaga oşirdi (masalan, "SPB" kompaniyasi işlab çiqarişni 3 mingdan 60-70 ming şişagaça oşirdi). Biroq hozirgaça antiseptiklarning erkin savdosi taqçilligi kuzatiladi.









