Instagram tarmoğida global uzilişi kuzatildi

Instagram tarmoğida global uzilişi kuzatildi

Bir qator mamlakatlarning Instagram ijtimoiy tarmoğining foydalanuvçilari xizmatdagi nosozliklar haqida şikoyat qilmoqdalar, deb xabar berdi maşhur Internet –resurslarning nosozliklarini va uzilişlarni kuzatadigan Downdetector veb –sayti.

Maʼlum bölişiça, Instagram Toşkent vaqti bilan taxminan soat 21:14da işdan çiqdi. Muammolar asosan AQŞ, şuningdek Germaniya, Kanada, Buyuk Britaniya, Gollandiya va Italiyadagi foydalanuvçilarida kuzatildi.

Downdetector maʼlumotlariga köra, foydalanuvçilarning köpçiligi dastur (52 foizi), şuningdek veb -sayt (24 foizi) va avtorizatsiya (24 foiz) bilan boğliq muammolardan şikoyat qilganlar.

Maʼlumot örnida, Instagram – bu fotosuratlar va videolarni suratga oliş, filtrlarni qöllaş, şuningdek ularni sizning xizmatingiz va boşqa bir qança ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatiş imkonini beruvçi ijtimoiy tarmoq elementlari bölgan bepul foto va video almaşiş dasturi.

×