Suv resurslari böyiça kelişmovçiliklar dunyo böylab köplab keskin vaziyatlarning negizida yotadi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabariga köra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon Istanbulda Bank Ziraat tomonidan taşkil etilgan qişloq xöjaligi tadbirida sözlagan nutqida maʼlum qilgan.
Erdöğon şunday xavotirli jarayonlar Osiyo, Amerika, Şimoliy Afrika va Yaqin Şarq mamlakatlarida kuzatilayotganini qayd etdi.
❕ Davlat rahbari öz nutqida jahonda suv mojarolari xavfi borligini alohida taʼkidladi. Uning sözlariga köra, «iqlim özgarişining salbiy taʼsiri tufayli suv manbalari va suv omborlari mojaro zonasiga aylanib bormoqda».
✍️ Turkiya rahbari, şuningdek, Turkiyaning global oziq-ovqat inqirozining oldini olişga qöşgan hissasini taʼkidladi: «Turkiyaning saʼy-harakatlari bilan amalga oşirilgan Qora dengiz taşabbusi tufayli köplab mintaqalarda, birinçi navbatda, Afrikada oçarçilikning oldini oliş mumkin böldi».
Turkiya prezidenti öz nutqida Ğarb davlatlarining mustamlakaçilik ötmişini ham tanqid qildi. «Bir tomçi yoği bir tomçi qondan qimmat bölgan mustamlakaçilar öz hukmronligini taʼminlaş uçun har qanday yölni işga solişdi», - deydi u. «Biz Afrikadagi Ğarb davlatlarining inson huquqlari haqida vaʼz qilayotgan harakatlaridan juda xabardormiz.»









