Özbekistondagi çang havoning asosiy sabablari aytildi

Özbekistondagi çang havoning asosiy sabablari aytildi

Özbekistonda havoning çang bilan ifloslanişi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, quriliş taşlamalari) omillarga köra ifloslaniş bilan boğliq. Bu haqda mamlakat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, kuçsiz şamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turğunligi kabi sabablar atmosfera havosining tabiiy ifloslanişi uçun şaroit yaratadi. 

Vazlikka köra, Özbekistonning tabiiy xususiyatlari (quruq iqlim, qumli va gilli tuproq) sababli atmosfera havosida muallaq zarraçalar – çang miqdori yuqoridir. 

“Bugungi kunda Jahon banki bilan hamkorlikda Toşkent şahrining havo sifatini baholaş böyiça loyiha amalga oşirilmoqda. Loyiha doirasidagi örganişlar hamda dastlabki hisobotga asosan, Toşkent şahrida PM2.5 – mayda dispers zarraçalarining şakllanişida tabiiy çang – 36 foiz, issiqlik taʼminoti – 24 foiz, transport vositalari – 16 foiz, sanoat korxonalari – 13 foizni taşkil etişi körsatilgan”, deyiladi vazirlik bayonotida. 

Maʼlum qilinişiça, bugun, 17 may kuni soat 09:00 holatiga köra, https://www.iqair.com saytida atmosfera havosidagi PM2.5 – mayda dispers zarraçalari miqdori 66 mkg/m³ ni taşkil etgan. 

“Sönggi yillarda Toşkent şahridagi atmosfera havosining pastki qatlamida (100-150 metrgaça) harorat inversiyasi (havo haroratining balandlikka qarab ortib borişi) vujudga kelişi kuzatilmoqda. Harorat inversiyasi havoning vertikal harakatlariga tösqinlik qiladi, natijada mayda zarraçali PM2.5 – mayda dispers zarraçalari kontsentratsiyasi oşib borişiga sabab böladi. 
Kuz-qiş mavsumida issiqlik taʼminoti tizimida yoqilği sifatida kömir va mazutdan foydalaniş natijasida doimiy ravişda uzluksiz mayda zarraçali PM2.5 – mayda dispers zarraçalari kontsentratsiyasi oşişi holati kuzatilgan edi. Bahor va yoz oylarida esa, asosan, havo issiq va quruq bölgan kunlarda, köp holatlarda mintaqaga çöllaniş va qurğoqçilik taʼsirida tabiiy çang kirib kelişi oqibatida ifloslantiruvçi moddalar kontsentratsiyasi oşişi kuzatiladi. 
Bugungi kun holatida esa mazkur ifloslaniş yoğingarçilikdan keyin hosil bölgan kam miqdordagi tuman, şuningdek, konvektsiya jarayoni, yaʼni nam havo oqimi kirib kelişidan oldingi havoning pastdan yuqoriga kötarilişi omili sabab yuz berayotganligini kuzatiş mumkin”, deydi vazirlik.


Teglar:
×