Özbekistonda havo ifloslanişining asosiy sabablari maʼlum qilindi

Özbekistonda havo ifloslanişining asosiy sabablari maʼlum qilindi

Sönggi kunlarda mamlakatimiz, ayniqsa Toşkent şahrida atmosfera havosidagi mayda dispersli zarraçalar miqdorining oşişi kuzatilmoqda. Özgidromet tomonidan amalga oşirilgan doimiy monitoring natijalariga köra, bu holat bir vaqtning özida kuçayib namoyon bölgan bir neçta tabiiy omillar bilan boğliq. 

Birinçi omil – keskin harorat almaşişi va invertsiya. Joriy haftada havo harorati tez özgardi. Issiq kunlardan sovuq kunlarga ötiş davrida invertsiya deb ataluvçi tabiiy jarayon yuzaga keladi. Invertsiya paytida sovuq havo pastda, issiq havo yuqorida qoladi va havo qavatlari aralaşmaydi. Şu bois mayda zarraçalar past havoqatlamida töplanib, qisqa vaqtda kontsentratsiya keskin oşadi. Bu jarayon Toşkent, Olma-ota, Bişkek, Duşanbe kabi şaharlarda har yili noyabr–fevral oylarida kuzatiladi. 

Ikkinçi omil – yoğingarçilikning yöqligi. Sinoptiklarimiz maʼlumotlariga köra, noyabr oyi boşidan beri Toşkentda deyarli yomğir yoğmadi, yoğingarçilik hajmi esa iqlimiy meʼyordan ança past böldi. Yoğingarçilik yöqligi havodagi mayda zarraçalarning tabiiy yuvilişini töxtatadi va ularning uzoq vaqt atmosferada saqlanib turişiga olib keladi. 

Uçinçi omil – arid jarayonlarning kuçayişi va tabiiy çanglaniş. Özbekiston tabiiy jihatdan quruq va yarimquruq iqlim hududida joylaşgan. BMT ekspertlari bu mintaqani dunyoda arid jarayonlar eng tez keçayotgan makonlardan biri sifatida qayd etgan. Arid jarayonlar, ösimlik qoplamining kamayişi va iqlim isişining taʼsiri ostida şamol taʼsiridagi tabiiy çanglaniş oşadi.Şuning uçun bu yil çanglaniş odatdagidan köproq namoyon böldi, hatto şamol past bölgan kunlarda ham PM10 körsatkiçining ösişiga turtki berdi. 

Sinoptiklarimiz prognoziga köra, amalgaoşgan inversiya jarayoni 24 noyabrgaça davom etişi mumkin. Şu vaqtgaça mayda zarraçalarning maʼlum darajada saqlanib turişi tabiiy va mavsumiy holdir. 

Ob-havo barqarorlaşişi bilan havo sifati öz-özidan sezilarli yaxşilanadi. Hozirda mahalliy hokimiyatlar, kommunal xizmatlar va masʼul idoralar tomonidan quyidagi amaliy işlar olib borilmoqda: 

– köça va yöllarni namlaş; 

 – yaşil hududlarni qöşimça suğoriş; 

 – jamoat joylarini nam tozalaş; 

 – aholi uçun tavsiyalarni yetkaziş; 

 – atmosfera havosini doimiy monitoring qiliş. 

Özgidromet atmosfera havosi holatiga oidbarça muhim körsatkiçlarni kuniga ikki marta – ertalab va keçqurun rasmiy kanallar orqali eʼlon qilib boradi. 

Şuni takidlaş joizki kuzatilayotgan holat – tabiiy, vaqtinçalik va mavsumiy jarayon. Bunda barça vakolatli davlat organlari tegişliligi böyiça vaziyatni doimiy ravişda nazorat qilmoqdalar, zarurat tuğilganda esa aniq taşkiliy çoralarini amalga oşirmoqda.


Teglar:
×