Ramazon oyida közda tutilgan diniy marosimlar sababli karantin talablari buzilişining oldini oliş maqsadida Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi barça musulmonlarni quyidagi körsatmalarga qatʼiy rioya qilişga çaqiradi:
? Ramazon oyida mömin-musulmonlarimiz tarovih namozlarini, xatmi Qurʼonlarni öz oila aʼzolari bilan xonadonlarida ötkazsinlar.
? Özbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan qorilarning xatmi Qurʼonlari onlayn tarzda amalga oşirilişi yölga qöyilsin.
? Iftorlik savobidan umidvor bölgan saxovatpeşa musulmonlarimiz iftorlik marosimlari uçun möljallagan mablağlarini Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari orqali moddiy kömakka muhtoj oilalarga yetkazsinlar.
?Barça musulmonlarimiz qöni-qöşni va yaqin qarindoşlarni töplagan holda iftorlik uyuştirişlari karantin talablariga zid kelişi barobarida Alloh taoloning işboşilarga itoat qiliş haqidagi Niso surasi: “Ey, imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payğambarga va özlaringizdan (bölmiş) boşliqlarga itoat etingiz!..” 59-oyatiga hilof ekanini anglaşlari lozim.
? Zakot mablağlarini hamda fitr va fidya sadaqalarini “Vaqf” xayriya jamoat fondi va uning hududiy bölinmalari hisob raqamlariga yoki Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga topşirişlari tavsiya etiladi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşining Ramazon oyini ötkaziş haqidagi bayonotidan









