Fatvo hayʼati vaktsina olişning hukmini eʼlon qildi

Fatvo hayʼati vaktsina olişning hukmini eʼlon qildi

Maʼlumki, soğliqni saqlaş sohasi mutaxassislari qariyb ikki yillik kuzatişlar va izlanişlardan keyin koronavirus – COVID-19 kasalligidan saqlanişning eng samarali vositasi vaktsina oliş ekani töğrisida xulosaga keldilar.

Dinimizda insonning joni, eʼtiqodi, aqli, moli va obrösini saqlaş muhim körsatmalardir. Mana şu jihatlarga zarar yetadigan holatlarda şariatimiz zararni daf qiliş sabablarini qöllaşga buyuradi. Şunday ekan, vaktsina oliş zarurati bir neça jihatlar bilan taʼkidlanadi.

Birinçidan, dinimiz körsatmalariga köra, Alloh taolo har bir dardning şifosini ham bergan.

Ikkinçidan, baʼzi kişilar kasal emasligini rökaç qilib, vaktsina olişga beparvo böladilar, vaholanki şariatimizda bemorlikdan avval undan saqlanişga buyurilgan. Demak, bemor bölmagan kimsalar ham kasallik tegişining oldini olişi va şunga sabab böladigan muolajalarni qilişi dinimiz talabidir.

Uçinçidan, dinimizdagi asosiy qoidalardan biri öziga ham özgaga ham zarar bermaslikdir. Demak, vaktsinani olişimiz birinçi navbatda özimizning soğligimiz, qolaversa, yaqinlarimizning soğligini saqlaşga sabab böladi.

Törtinçidan, hozirgi kunda Haj va Umra ziyorati safarini rejalaştirayotgan kişilardan ham birinçi navbatda vaktsina bilan emlangan bölişi talab qilinmoqda. Qolaversa, dunyoning har qanday davlatiga bormoqçi bölgan kişidan vaktsina bilan emlanganlik söralmoqda.

Xulosa şuki, hozirgi kunda davlatimiz tomonidan fuqarolarimizga yetkazib berilayotgan vaktsinalarni olişimizga dinimiz ruxsat beradi. Emlaniş şarʼan joiz, çunki bu davolanişning bir körinişidir.

×