Musulmonlar idorasi Fatvo qömitasi qon donorligi uçun olingan pul halol yoki halol emasligi haqidagi savolga javob berdi.
Maʼlum qilinişiça, kişi öz qonini muhtoj bölgan kişilarga sotişi joiz emas. Biroq yordam körsatiş va odamlar hayotini saqlab qoliş maqsadida köngilli ravişda qon beriş joiz.
Taʼkidlanişiça, inson bepul qon topolmasa, zarurat uçun qon sotib olişi mumkin. Bunda qon sotib, daromad qilgan kişi gunohkor böladi.
Avvalroq Fatvo qömitasi koronavirusga qarşi emlaniş joiz yoki joiz emasligi haqidagi savolga javob bergan. Şuningdek, ölik hayvonlarni sababsiz yoqiş mumkin yoki mumkin emasligi maʼlum qilingan.









