Fatvo markazi Madinada pul evaziga xurmo ekişga munosabat bildirdi

Fatvo markazi Madinada pul evaziga xurmo ekişga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Madina şahrida xurmo ekib, savob oling» mazmunidagi pul evaziga köçat ekiş vaʼda qilinayotgan videolar tarqaldi.

Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mazkur xabarlarga öz munosabatini bildirdi. 

«Darhaqiqat, köçat ekiş savobi uluğ amal. Alloh taolo insonga Yer yuzini obod qilişni buyurib: «U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uçun qöydi», deb xitob qiladi (Hud, 61).

Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir musulmon daraxt yo ekin eksa-yu, undan quşmi, insonmi yoki hayvonmi yesa, albatta, şu sababli u uçun sadaqa bölur», deganlar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Mötabar manbalarda: «Inson namoz öqib, röza tutib, sadaqa qilib, savobini tirik yoki mayyitga bağişlasa böladi va savobi ularga yetib boradi...», deb bayon qilingan. Uşbu oyati karima, hadisi şarif va şarʼiy masalalardan maʼlum böladiki, vafot etganlarga atab boğ qiliş orqali savobini bağişlaş va köçat ekiş ajru mukofotli amallardandir. 

Şubhasiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbatimiz çeksiz, Ul zotning şaharlariga sevgimiz hadsiz, tuproqlari közimizga tötiyo. Biroq, hozirgi kunda ayrim hamyurtlarimizning bir neça ming kilometr masofadan turib, Madina şahrida xurmo ekişga buyurtma berişi, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyişi va bu holatni ommalaştirişi dinga ham, mantiqqa ham, sunnatga ham töğri kelmaydi.

Masalani diniy jihatdan körib çiqadigan bölsak, oyatu hadislarda xayru ehsonni yaqinlardan boşlaşga köp körsatma kelganiga guvoh bölamiz. Qurʼoni karimda: «...Ota-onaga, qarindoşlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qöşnilarga, yon qöşnilarga, yonboşdagi sohiblarga, köçada qolganlarga va qölingizda mulk bölganlarga yaxşilik qilinglar...» (Niso, 36), deb körsatma berilgan.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir sahobaga: «(Yaxşilikni) özingdan boşla va (avvalo özinga) sadaqa qil, agar undan biror narsa ortib qolgan bölsa, ahlingga (ber). Agar ahlingdan biror narsa ortib qolgan bölsa, qarindoşlaringga ber. Agar qarindoşlaringdan biror narsa ortib qolsa, mana bu va mana bularga ber", dedilar (Imom Muslim rivoyati). 

Demakki, köçat ekişdek xayrli işlarni avvalo hovli-joylarimiz, köça-kuylarimiz, mahallayu guzarlarimizda amalga oşirişga juda ham katta ehtiyoj bor. Çunki, ayrim vaqtlarda röy berayotgan çang-tözonlar, qum va çang böronlari va iqlim özgarişi kabi holatlar bevosita daraxtzor va köçatzorlarning yetişmasligidandir.

Yanada himmatli hamyurtlarimiz bölsa, Orol dengizi atrofida saksovul, qandim, çerkes, qorabaroq kabi çöl ösimliklari ekib, örmonzorlar barpo qiliş orqali mamlakatimizdagi ekologik holatni yaxşilaş, zararli tuz va çanglar kötarilişining oldini olişga kömaklaşişlari juda ham zarurdir», deyiladi bayonotda. 

Şuningdek, keltirilgan oyatu hadislarga binoan fuqarolar avvalo özlari yaşab turgan uy-joyni obod qiliş, yon-atrofga mevali va manzarali daraxtlar ekiş eng savobli amal ekani taʼkidlangan.


Teglar:
×