Fitr sadaqa va fidya miqdori eʼlon qilindi

Fitr sadaqa va fidya miqdori eʼlon qilindi

Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori böyiça qarori qabul qilindi.

Bismillahir rohmanir rohim

Maʼlumki, fitr sadaqasi moli zakot nisobiga yetgan musulmon kişi tomonidan miskinlarga berilişi vojib bölgan sadaqa bölib, uni hozirgi şaroitdan kelib çiqib, Ramazon oyi davomida beriş maqsadga muvofiqdir.

Fitr sadaqasi Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon etilgan quyidagi tört narsaning qiymati barobarida çiqariladi. Ular: buğdoydan yarim soʼ, arpadan bir soʼ, mayizdan yarim soʼ va xurmodan bir soʼdir. Bir soʼ taqriban (≈) 4 kilogrammga teng.

foto: Muslim.uz

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toşkent şahar bozorlaridagi narxlari örganilganda 1 kg. buğdoy örtaça tört ming söm, 1 kg. arpa örtaça uç ming söm, 1 kg. mayiz örtaça öttiz beş ming söm va 1 kg. xurmo örtaça öttiz ming söm ekani maʼlum böldi.

Şunga köra, 2020 yil (1441 h.) uçun FITR sadaqasining miqdori:
≈ 2 kilogramm buğdoy 8 000 (sakkiz ming) söm;
≈ 4 kilogramm arpa 12 000 (ön ikki ming) söm;
≈ 2 kilogramm mayiz 70 000 (yetmiş ming) söm;
≈ 4 kilogramm xurmo 120 000 (bir yuz yigirma ming) söm deb belgilansin.

Har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Bu yilgi FIDYA miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bölib, uning örtaça qiymati 20 000 (yigirma ming) söm, deb belgilansin!

Eslatma: Mazkur fitr sadaqasining qiymatlari Toşkent şahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat öz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Özbekiston musulmonlari idorasi

Manba: Muslim.uz

×