Namanganda Xalq banki xodimi koronavirusga çalingani haqidagi xabarlar asossiz bölib çiqdi.

Namanganda Xalq banki xodimi koronavirusga çalingani haqidagi xabarlar asossiz bölib çiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infektsiyasiga çalingan Xalq banki Namangan viloyat filiali xodimi joylarda pensiya pullarini tarqatgani töğrisida xabarlar tarqalgandi. Viloyat filiali direktori Bahrom Yöldoşev bu xabarlar asossiz ekanligini maʼlum qildi, deya xabar beradi «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Yöldoşevga köra, Xalq bankining Namangan şahar va tumanlar bölimlarida işlovçi barça xodimlari koronavirus infektsiyasiga testdan ötkazilgan. Test sinovlari ularning barçasi soğlom ekanligini körsatgan.

2020 yil 11 aprel kuni Namangan şahar Xalq bankida işlovçi xodim koronavirus infektsiyasi böyiça topşirgan tahlil natijalariga köra, unda mazkur virus alomatlari bor deya gumon qilingan, biroq Toşkendagi tahlillar davomida bu gumon tasdiqlanmagandi. U 1 apreldan 11 aprelga qadar Namangan şahrining 6 ta mahallasida istiqomat qiluvçi nafaqa oluvçilarga pul tarqatgan.

Uşbu hududlarda infektsiya tarqalişining oldini oliş maqsadida şahar IIO FMB xodimlaridan iborat 6 ta guruh tuzilib, nafaqa olgan fuqarolarning xonadonlarini karantin nazoratiga oliş, ularga tuşuntiriş işlari olib boriş böyiça amaliy iş taşkil etildi.

Namangan viloyat IIB matbuot xizmatining bildirişiça, uşbu tadbirga jalb etilgan Namangan şahar böyiça IIO FMB 4-son IIB xodimi biriktirilgan ştabida özini guruh aʼzolari bilan birga videotasvirga olib, aholi orasida vahima çiqaruvçi hamda bank xodimini obrösizlantiruvçi va asossiz maʼlumotlarni gapirib, 39 soniyali videotasvirni Telegram ijtimoiy tarmoği orqali tanişiga yuborgan.

Aniqlangan holat yuzasidan viloyat IIB Öz xavfsizligi bölimi tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi xulosasiga köra, uşbu xodim «Içki işlar organlarida xizmat ötaş tartibi töğrisida»gi nizom talablarining 144-bandi «i», «k» kiçik bandlariga muvofiq, xizmat intizomini qöpol ravişda buzganligi hamda içki işlar organi xodimining şaʼniga putur yetkazuvçi xatti-harakatlar sodir etganligi uçun IIO xizmatidan böşatildi.

×