Namanganda Xalq qabulxonasi xodimi $1500 bilan uşlandi

Namanganda Xalq qabulxonasi xodimi $1500 bilan uşlandi

Namangan şahrida Xalq qabulxonasi xodimi xizmat xonasida 1 500 AQŞ dollar pora olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi. 

Qayd etilişiça, departamentning Namangan şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Namangan şahar Xalq qabulxonasi boş mutaxassisi vazifasini bajaruvçi X.D. (muqaddam sudlangan) Yangi Namangan tumani hududidagi 4 sotix yer maydonini uy-joy quriş uçun fuqaro X.O. ga ajratib, hujjatlarini rasmiylaştirib berişi evaziga 1 500 AQŞ dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.


×