Tezkor: Jeki Çan koronavirusga çalingani aytilmoqda

Tezkor: Jeki Çan koronavirusga çalingani aytilmoqda

Gollivudning maşhur aktyori Jeki Çan koronavirusga çalingan bölişi va şu sabab şifoxonaga yotqizilişi mumkin.

Ötgan dam oliş kunida 65 yoşli aktyor Gongkongda ötgan şaxsiy ziyofatlardan biriga taşrif buyuradi. U yerda 60 nafarga yaqin mehmon bor edi. Ulardan ayrimlari koronavirus bilan kasallangan edi. 

Jeki Çanning koronavirusga çalingani taxmin qilinayotgan sabablardan biri şuki, ziyofatni tartibga solib turgan politsiyaçilardan birida kasallaniş alomatlari kuzatilgan. Bemorning yonida bölgan qolgan 59 kişi hozir karantinda. Ayrim manbalarning taʼkidlaşiça, ular orasida Jeki ham bölişi mumkin.

Çan bilan birga aktyorlar Alan Tamb va Aleks Fong, şuningdek, rejissyor Erik Tsang bölgan. Ularni ham tadbir iştirokçilari deb aytişmoqda. Manbalarning maʼlum qilişiça, törttala aktyor koronavirus qayd etilgan joydan, boşqa yerdagi ziyofatda ham bölgan bölişlari mumkin.

65 yoşli aktyorning vakillari va mahalliy hokimiyat Jeki Çanning koronavirusga çalinganini tasdiqlamagan.

Avvalroq, Maşhur aktyor, kaskadyor Jeki Çan kimki koronavirusga qarşi dori öylab topsa, unga million yuan (143 ming dollar atrofida) berişini maʼlum qilgan edi. Sarvar Anvar öğli

×