Turkiya orqali Umra safariga borib kelgan ayol va uning turmuş örtoği Namanganga qaytgaç, uyga mehmon çaqirib, ehson qiladi. Hozir ana şu oilaviy tadbir qatnaşçilaridan 23 nafarida koronavirus infektsiyasi aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga davolaniş uçun yotqizilgan.
Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmatiga köra, kasallikka çalinganlar orasida 2 oylik çaqaloq — ayolning nabirasi ham bor. Çaqaloqning onasi topşirgan tahlil natijalari infektsiya yöqligini körsatgan.
Şu tadbirda iştirok etgan qöşnining ikki nafar farzandi ham virus yuqtirib oladi. Ular 19 mart kuni Namangan şahridagi tantanalar majmualaridan birida ötkazilgan töyda kuyovjöra sifatida qatnaşadi. Oqibatda töy egalari va töyga kelgan mehmonlardan 13 nafariga virus yuqişiga sababçi böladi.









