XTV: Samarqand va Namanganda öqituvçilar majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarlar örganilmoqda

XTV: Samarqand va Namanganda öqituvçilar majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarlar örganilmoqda

Xalq taʼlimi vazirligi Samarqand va Namangan viloyatlarida umumtaʼlim maktablari öqituvçilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni örganmoqda. 

Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarda keltirib ötilgan holatlarni örganib çiqadi va Özbekiston Respublikasi qonunçiligi doirasida uşbu holatga yöl qöyganlarga çora köradi, deyiladi XTV xabarida.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qarorining 16-bandiga köra xalq taʼlimi xodimlarini xizmat majburiyati bilan boğliq bölmagan işlarga, majburiy mehnatga, şu jumladan, tuman va şaharlar hududlarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş işlari, mavsumiy qişloq xöjaligi işlari hamda boşqa turdagi işlarga jalb qiliş qatʼiyan taqiqlangan.

Mazkur bandga köra, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini çeklaş holatlarini öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilişi ustidan muntazam ravişda nazorat tadbirlarini ötkaziş hamda aybdor şaxslarning javobgarlikka tortişni taʼminlaş topşirilgan.

Xalq taʼlimi vazirligi bu kabi holatlarni oldini oliş va xalq taʼlimi tizimi xodimlari huquqlarini himoya qiliş maqsadida şikoyatlarni qabul qilişda qulay bölgan virtual inspektorni işga tuşirgan. Tizimdagi xodimlar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli tölovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborişlari mumkin.

×