“Baliq ovlaş bahona daryo böyida töplanmang” – imom-xatibning erkaklarga murojaati

“Baliq ovlaş bahona daryo böyida töplanmang” – imom-xatibning erkaklarga murojaati

Namangan tumani Şörqörğon qişloğidagi “Muhammad Siddiq” jome masjidi imom-xatibi Anasxon Karimov erkaklar va yigitlarga muhim murojaat bilan çiqdi.

“Qadrli erkaklar va yigitlar! Bilamiz, karantin paytida faqat uyda ötirib, zerikkan bölişingiz mumkin. Koronavirus pandemiyasi har birimiz uçun sinov ekanligini unutmaylik! Özingizning vaqtiçoğligingizni deb xonadon aʼzolaringiz va hamqişloqlaringiz soğligi yomonlaşişiga sababçi bölib qolmang!

Iltimos, sizlardan baliq ovlaş bahona va boşqa sabab DARYO böyida hamda mahalla MEHMONXONAlarida töplanmasligingizni söraymiz!

Sabr-qanoat bilan ibodatlarimizda duo qilsak, mazkur murakkab vaziyatdan tez kunlarda talofatsiz çiqamiz, Inşaalloh. Xudo xohlasa, köpi ketib, ozi qoldi.

Fursatdan foydalanib, oilangizga mehr körsating, farzandlaringiz taʼlim-tarbiyasi bilan şuğullaning, ota-onalaringiz rizosiga erişing, tomorqadan unumli foydalaniş harakatida böling!”

Hurmat bilan: Anasxon KARIMOV, Namangan tumanining Şörqörğon qişloğidagi “Muhammad Siddiq” jome masjidi imom-xatibi.

Manba: Effect.uz

×