Festival bahona davlat pulini yeganlarga jinoyat işi qözğatildi

Festival bahona davlat pulini yeganlarga jinoyat işi qözğatildi

Toşkent şahar Madaniyat boş boşqarmasi mansabdorlari va boşqa şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura tomonidan ötkazilgan tekşiruvda sobiq Toşkent şahar Madaniyat boş boşqarmasida “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonun talablari buzib kelingani aniqlangan. Boşqarma tomonidan tender tanlovlari ötkazilmasdan, festival tadbirlarini taşkillaştiriş uçun turli firmalar bilan 20 milliard sömlik töğridan töğri şartnomalar tuzilgani foş bölgan.

Amalda uşbu festivallar 2022 yilning may-sentyabr oylarida ötkazib bölingan bölsada, qonun buzilişlarni yaşiriş maqsadida “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga 24 oktabr va 3 noyabr kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini ötkaziş haqida nomigagina eʼlon va hujjatlar joylaştirilgan hamda şartnomalar tuzilgan. Ötkazilgan festivallar doirasida ham amalda bajarilmagan işlar va körsatilmagan xizmatlar uçun 8 milliard sömlik byudjet mablağlari talon-toroj qilingani maʼlum bölgan.

Tekşiriş natijasiga köra, Toşkent şahar Madaniyat boş boşqarmasi mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.


Teglar:
×