Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş işlarini kuçaytiriş, baliqçilik tarmoğini qöllab-quvvatlaşni kengaytirişga körsatma berildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida 20 dekabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, bu boradagi işlarning muhim yönalişlaridan biri sifatida baliqçilik sohasini rivojlantiriş va kooperatsiya asosida baliq yetiştiriş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Yiğiliş avvalida davlat rahbari aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş sohasida moliyaviy masalalar hal qilinib, barça imkoniyatlar yaratib berilganiga qaramay, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşda kamçiliklar saqlanib qolayotganiga eʼtibor qaratdi. Körsatilgan muammolarni bartaraf etiş, öz hududida zarur oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli zaxirasini şakllantiriş va narxlar barqarorligini taʼminlaş barça darajadagi hokimlarning diqqat markazida bölişi kerakligi taʼkidlandi.
«Dunyoda oziq-ovqat narxlarining ösişi, inflyatsiya xavf-xatarlari kelgusi yilda oziq-ovqat xavfsizligi eng dolzarb masala bölib qolişini yaqqol körsatmoqda. Şu bois, viloyat hokimlari öz hududida baliq yetiştiriş holatini tahlil qilib, tadbirkorlar va aholi xonadonlariga barça şaroitlarni yaratib beriş böyiça tizimli şuğullanişi zarur», dedi prezident.
Ötgan beş yilda mamlakatimizda baliqçilik tarmoğida umumiy qiymati 2,2 trillion sömlik 1016 ta loyiha amalga oşirilişi natijasida baliq yetiştiriş hajmi 6 baravarga oşib, joriy yilda 400 ming tonnaga yetkaziladi. Baliq isteʼmol qiliş hajmi 2016 yilga nisbatan 5,7 barobarga oşdi.
Yiğilişda bu körsatkiçlar yetarli emasligi, mavjud imkoniyatlar töliq işga solinmayotgani tanqid qilindi.
Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farğona, Toşkent viloyatlarida hosildorlik haligaça gektariga 3-4 tonnani taşkil etayotgani, uşbu hududlarda intensiv baliq yetiştiriş hajmi umumiy işlab çiqarişning 10 foizidan oşmayotgani qayd etildi.
Şu munosabat bilan sunʼiy havzalarni intensivlaştiriş, tarmoqda klasterlar va kooperatsiya tizimini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Kelgusi yilda baliq yetiştiriş hajmini 600 ming tonnaga yetkaziş vazifasi qöyildi.
Bunga erişiş uçun Şarof Raşidov tumani tajribasi asosida kelgusi yilda 10 mingta xonadonda intensiv baliq yetiştiriş yölga qöyiladi. Xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetiştirgan klasterlar uç yil muddatga soliqlardan ozod etiladi. Xorijdan mutaxassis jalb qilgan klasterlarga esa xarajatlarning bir qismini qoplab beriş tartibi örnatiladi.
Uyida baliq yetiştiruvçilar uçun «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar miqdori 2 barobarga oşiriladi, bu maqsadlarga kelgusi yilda 400 milliard söm va 20 million dollar yönaltiriladi.
Baliq yetiştiruvçi xonadon egalari uçun yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilib, ular özini özi band qilgan aholi toifasiga ötkaziladi.
Yangiyöl va Quyi Çirçiq tumanlarida aholini baliq yetiştirişga örgatiş böyiça tajriba ötkazilib, kelgusi yil 1 iyundan Navoiy, Sirdaryo va Farğonada ham keng joriy qilişga körsatma berildi.
Şuningdek, yirik baliqçilik loyihalariga kelgusi yilda 20 million yevro jalb qiliş rejalaştirilgan.
Hosildorligi past bölgan 21 ming gektar sunʼiy havzalarda hosildorlikni 3 barobarga oşiriş va qöşimça 190 ming tonna baliq yetiştiriş zarurligi taʼkidlandi. Buning uçun 2,2 mingta xöjalikni 50 mingta suvni kislorod bilan boyitiş uskunasi – aerator bilan jihozlaş zarurligi körsatib ötildi.
Mutasaddilarga uşbu imkoniyatlardan foydalanib, yangi loyihalarni va mahsulot işlab çiqarişni köpaytiriş, şu asosda aholi bandligini taʼminlaş va içki bozorni baliq mahsulotlari bilan töldiriş yuzasidan topşiriqlar berildi.

Tarmoq va hududlar rahbarlari baliqçilikda amalga oşirilgan işlar töğrisida hisobot berdi hamda 2022 yilgi rejalarini taqdimot qildi.










